Sputnik o‘zbek tilidagi saytini ishga tushirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tish"Sputnik" axborot agentligi paviloni.
Sputnik axborot agentligi paviloni. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik o‘zbek tilidagi saytini ishga tushirdi sputniknews-uz.com

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Sputnik multimedia axborot agentligi Sputnik O‘zbekiston axborot portalini ishga tushirdi.  Yangi portal o‘zbek va rus tillarida nashr etiladi. Manbaa ushbu manzillarda: sputniknews-uz.com, oz.sputniknews-uz.com, ru.sputniknews-uz.com joylashgan bo‘lib, dolzarb xalqaro mavzulardagi xilma-xil fikrlarning barchasini yoritishgan qaratilgan. Portalning rus tilidagi nashridan foydalanuvchilar Sputnik radio dasturlarini eshitish imkoniga ega bo‘ladilar. Portalning o‘zbek tilidagi nashri Sputnikning abxaz, arab, arman, gruzin, dari, ingliz, ispan, kurd, qozoq, qrimtatar, qirg‘iz, latish, moldovan, ozarbayjon, olmon, polyak, portugal, pushtu, serb, turk, tojik, o‘zbek, ukrain, fin, fransuz, xitoy, hind, eston va yapon tillarda ishlayotgan nashlari qatoridan o‘rin oladi.

«Sputnik – bu boshqalardan o‘zining mavzu tanlashi, alohida nazari va dunyoqarashi bilan ajralib turuvchi, zamonaviy ommaviy axborot vositasidir», — deb baho berdi Margarita Simonyan, axborot agentligining Bosh muharriri.  
Ko‘p qirrali dunyoni tasvirlab, Sputnik saytlari har xil, alternativ nuqtayi nazarlarni bir-biri bilan solishtirishga qiziqqan mushtariylar uchun mo‘ljallangan.  sputniknews-uz.com, oz.sputniknews-uz.com va  ru.sputniknews-uz.com saytlarida nashr etilgan maqolalarning yuqori sifati, Sputnik jurnalistlarining tajribasi va ustaligi hamda har xil multimedia formatlardagi materiallarni ishlatish bilan belgilanadi. Saytlar o‘quvchiga  xilma-xil kontent, infografika, video, fotoreportaj, onlayn efir va internet ovoz berishni taklif qiladi. Sputnik o‘z mushtariylariga yangiliklardan tashqari analitik maqolalar, eksklyuziv intervyu va ekspert baholarini taklif qiladi.

Sputnik (sputniknews.com) – dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining yangiliklar xizmati, radio va multimedia ma’lumot markazlariga ega bo‘lgan axborot agentligidir. Sputnik o‘z ichiga analogli va raqamli radioeshittirishlar, telefon dasturlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashgan sahifalarni olgan. Sputnik obunachilari uchun yangiliklar uzuluksiz ravishda ingliz, arab, ispan va xitoy tilida chiqib turadi.

Eng yaxshi tilaklar bilan,
Sputnik matbuot xizmati

Yangiliklar lentasi
0