Toshkent Germaniyadan keltirilgan sarv daraxtlari bilan bezatiladi

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov / Mediabankka o‘tishYo‘l bo‘yidagi sarv daraxtlari
Yo‘l bo‘yidagi sarv daraxtlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahar hukumati Shanxay Hamkorligi Tashkiloti uchrashuvi oldidan Toshkent ko‘chalarini sarv (kiparis) daraxtlari bilan bezatishga qaror qilishdi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Germaniyadan Toshkentga 30ga yaqin sarv daraxti olib kelindi, deb xabar berdi "Ekonomicheskoe obozrenie".

Daraxtlar "Volga-Dnepr" kompaniyasining Il-76TD-90VD yuk samoleti yordamida olib kelindi. Buyuurtmachi talabiga binoan, safar juda qisqa vaqt — bir hafta — ichida amalaga oshirilda.

“Leypsigdan tezkorlik bilan bizning maxsus yuklovchi uskunamizni olib kelindi va qutilar samolet ostidagi yuk eshigi (rampa) orqali temir izlar va yuk ortgich yordamida ortildi”, — dedi “Volga-Dnepr” kompaniyasi xodimi Vacheslav Shaxov.

Sarv daraxtlari balandligi 7,5 metr bo‘lib, Chexiyaning Brno aeroportida ular maxsus yashiklarga joylashtirildi.

Shahar hokimiyati 2016-yilda bo‘ladigan ShHT davlatlari sammitiga izchil tayorgarlik ko‘rmoqda. Oldinroq ma’lum qilingandek, Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek shoh ko‘chasini, 8 qatorli tezurar shossega aylantirib qayta qurish rejalashtirilgan. Taraqqiyot, Feruza va Yuzrabot ko‘chalari ham zamonaviylashtirilishi kutilmoqda.

Shanxay hamkorligi tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Belorussiya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0