Jamiyat

Oʻzbekiston bugʻ-gaz qurilmalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Fotobankka oʻtishIES
IES - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yilga qadar Oʻzbekiston elektr taʼminotchi korxonalarining 85%i zamonaviylashtiriladi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda, yaqin toʻrt yil ichida bugʻ-gaz qurilmalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish  loyhasini amalga oshirish rejalashtirilgan, “Oʻzbekenergo” vakili xabariga koʻra.

Bugʻ-gaz qurilmalari uchun ayrim ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish haqidagi topshiriq Respublika prezidenti  tomonidan berildi. Ushbu yoʻnalishda strategik partner sifatida yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tanlandi.

“Bugungi kunda Navoi, Taxiatash, Tolimarjon va Toshkent elektr stantsiyalarida bugʻ-gaz qurilmalari qurilmoqda. Shu bilan bir qatorda, zamonaviy uskunalar  yordamida elektr quvvatini oshirish boʻyicha yana bir necha loyhalarni amalga oshirish ustida ishlayapmiz”  - dedi kompaniya vakili.

Hozir Mitsubishi kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi bosqichi boshlandi. Yaponiya korxonasi Oʻzbekistonga ehtiyot qismlar yetkizib beradi va Navoiy IESda qurilayotgan quvvati 478 Mvtli bugʻ-gaz qurilmalasini ishga tushirish borasida maslahat beradi. Ushbu shartnomaning umumiy narxi 20,7 mln dollarni tashkil qildi.

“Yaponiya davlat granti evaziga Navoiy va Toshkentda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bugʻ-gaz qurilmalari uchun ekspluatatsiya va texnik xizmat koʻrsatish markazi ochish rejasi bor” – dedi suhbatdosh.

Elektr tarmogʻini taʼmirlash - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oxirgi 15 yil davomida Oʻzbekistonda elektr tarmoqlarining uzunligi 38,2 ming kmga koʻpaydi.
Oʻzbekiston elektr energetika tarmogʻini 2020 yilning oxirigacha zamonaviylashtirish dasturi amaga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida qiymati 8,9 mlrd boʻlgan 33dan ortiq loyha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu dastur doirasida Sirdaryo va Namangan IES lari tarkibida quvavati 450 Mvtli, Fargʻona IESida 57.7 MVtli bugʻ-gaz qurilmasi quriladi. Toshkent IES quvvati yana bir necha gaz-turbina qurilmalari yordamida oshiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader