Siyosat

Dushanbeda KXSHT(ODKB) Kengashi boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishKHSHT
KHSHT - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda region xavfsizligi masalalari koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Tojkiston poytaxtida KXSHT Kengashi uchrashuviga tayorgarlik koʻrilmoqda. 14-15 sentyabrda Dushanbeda KXSHT navbatdagi Kengashi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Uchrashuvda Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev, Armeniya prezidenti Serj Sargsyan, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putin qatnashadi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov, KXSHT Kengashi  oʻtkazishdan oldin, Tojikiston va Dushanbeda hozirgi paytda vaziyat tinch ekanligini taʼkidladi.

Rossiya prezidenti Tojikistonga ikki kunlik tashrif bilan keladi. Tashrif davomida region xavfsizligiga oid bir qator masalalar, xususan isyonchi general Abduhalim Nazarzoda bilan bogʻliq boʻlgan holat ham koʻrib chiqiladi. Tashrifining birinchi kunida, Putin Emomali Rahmon bilan alohida uchrashadi va KXSHT rahbarlarining norasmiy  kechgi ovqatida qatnashadi.

Ikki mamlakat rahbari  ushbu yil 9 may bayram namoyishida Moskvada va 8 iyulda Ufada uchrashishgan edi. Undan tashqari 5 sentyabr kuni V. Putin telefon orqali Tojikiston rahbariyatiga respublikada osoyishtalikni saqlashda hamdarlik bildirgandi.

“Albatta, biz har qanday yordam va siyosiy madad berishga tayormiz. Mening fikrimcha bu uchrashuvda asosiy masalalardan biri boʻladi. Emomali Rahmon oʻz navbatida boʻlib oʻtgan voqealarning tafsilotlari bilan tanishtiradi va vaziyatni barqarorlashtirish yoʻlida qilingan ishlar haqida maʼlumot beradi” – dedi Rossiya prezidenti yordamchisi.   

Undan tashqari, muzokaralar chogʻida himoya va xavfsizlik hamda xalq xoʻjaligi borasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

KXSHT Kengashining ikkinchi kunida Putin Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashadi. Urashuvning markaziy mavzusi — Qirgʻizistonni YEOII (YEAES)ga qoʻshilish mavzusidir.  

Muzokaralar natijasida, tomonlar zamonaviy chaqiriq va tahlikalarga bir xil yondashish borasidagi umumiy bayonotga qoʻl qoʻyishadi. KXSHTning hozirgi kundagi faoliyati haqida oʻndan ortiq hujjatlar imzolanadi.

Keyingi yilda KXSHTda Armaniston boshchilik qiladi. Keyingi yilning sentyabr-oktyabr oylarida “Buzilmas birodarlik — 2015” nomli  tinchlikparvar kuchlarining oʻquv-mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Kollektiv Hamkorlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) 1992 yida, Rossiya, Armaniston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tomonidan tashkil qilindi. 2012 yilda Oʻzbekiston KXSHTni tark etdi. Hozirgi kunda KXSHTga yuqoridagi besh mamlakat va Belorussiya kiradi.  

KXSHT maqsadi – tinchlikni, xalqaro va regional xavfsizlikni mustahkamlash. Kolllektivlik ravishda aʼzo mamlakatlarning mustaqilligini va territorial boʻlinmasligini taʼminlash.  Tashkilot aʼzolari ushbu tashkilotda oʻz ixtiyorlari bilan, boshqa aʼzolarning mustaqilligini soʻzsiz tan olgan holda va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik sharti bilan qatnashadilar. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala