Hodisalar

Nazarzoda toʻdasini yoʻq qilishga qaratilgan operatsiya tugadi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishMaxsus operatsiya davomida desant tushirish
Maxsus operatsiya davomida desant tushirish - Sputnik Oʻzbekiston
Chorshanba kuni Ramit togʻ darasida oxirgi 8 jangari yoʻq qilindi.

 

TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. Tojikistonda Abduhalim Nazarzoda toʻdasini yoʻq qilishga qaratilgan operatsiya tugadi, deb xabar berdi Tojikiston IIV vakili RIA Novostiga.

Ichki ishlar maʼlumotiga qaraganda, jangarilarning ismi sharifi ularning shaxsi aniqlangandan keyin eʼlon qilinadi.

“Toʻdaning oxirgi 8 jangarisi Ramit togʻ darasida bir soat oldin yoʻq qilindi”, — deb xabar Sputnik muxbiriga suhbatdosh.

4 sentyabr kuni Dushanbe va Vaxdatda qurolli bosqinchilik uyushtirildi. Uning oqibatida 9 militsiya xodimi halok boʻldi va katta miqdorda qurol yarogʻ oʻgʻirlandi. Huquqni saqlash organlari bu jinoyatda sobiq Mudofaa vaziri oʻrinbosari Abduhalim Nazarzodani ayblashdi.

Alfa guruhi jangchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikistonda “Alfa” guruhi komandiri halok boʻldi

Hukumat xabariga qaraganda Abduhalim Nazarzoda yuzdan ortiq xodimlarni oʻz tomoniga ogʻdirgan va qoʻl ostidagi harbiy qismlardan “uch KamAZ” qurol-yarogʻ bilan Ramit togʻ darasiga yashiringan. 11 kundan beri davom etayotgan maxsus operatsiya davomida Nazarzodaning 120 dan ziyod tarafdorlari qoʻlga olindi, 30ga yaqini yoʻq qilindi.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala