Hodisalar

Chilida kuchli yer qimirlash

Chilida yer qimirlashi oqibatida 5 kishi halok boʻldi 15 kishi jarohatlandi.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Chilida Kuchli yer qimirlashi oqibatida 5 kishi halok boʻldi, 15 kishi jabrlanda va bir millionga yaqin odam evakuatsiya qilindi, RIA Novosti, Chili IIV oʻrinbosari Maxmud Aleuy maʼlumoti asosida, xabar berdi.

Hokimiyat vakillari qurbonlardan 3kishi yer qimirlashi vaqtida yurak xuruji natijasida, 2 kishi tom va toshlar qulashi oqibatida halok boʻlganligini aytishdi.

Yer qimirlaChorshanba oqshom soat 01:25da sodir boʻldi. Uning magnitudasi 8,4 balni tashkil qildi, epitsentri boʻlsa Ilyapel shahridan 54km shimoli-gʻarbda, Santyagodan 228 km uzoqlikda joylashgan. Yer qimirlashidan keyingi tebranishlar (aftershock) 6,4 balni tashkil qildi. Favqulodda holatlar vaziroligi yer qimirlashi oqibatida dengizda 4,5 metrli tsunami toʻlqinlari paydo boʻlganligini va Kokimbo shahriga yopirilib tushganligini aytishdi.

Tinch okeani tsunamidan ogohlantirish markazi (PTWC) xabariga koʻra, ushbu yer qimirlashi oqibatida okeanda paydo boʻlgan tsunami dunyoning bir necha qirgʻoq yaqinida joylashgan shaharlarigacha yetib boradi. Rossiyaning Kamchatka va Saxalin hududlariga Yaponiyaning bir necha shaharlariga yetib boradi. Tsunami toʻlqinlarining balandligi nomaʼlum, yetib kelish vaqti – chorshanba kech soat 22 lar atrofida.

Chili poytaxti Santyagoda odamlar haligacha koʻp qavatli binolarga kirishga qoʻrqib turishibdi. Yer qimirlashi va aftershok oqibatida bu binolar qattiq tebrangan va baʼzi joylarida yoriqlar paydo boʻlgan.
Chili hududida seysmik faollik kuchli. 2010 yilda sodir boʻlgan 8,8 ballik yer qimirlashi va undan keyingi tsunami oqibatida 500dan ortiq kishi halok boʻlgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala