O‘zbekistonda binolar energiya samardorligi oshiriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishIES Manometrlari
IES Manometrlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastur devorlarni issq-sovuq o‘tmaydigan materiallar bilan qoplash, oynalarni va tomlarni yangilashni o‘z ichiga olgan.

 

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Iqtisodiyot vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida binolar energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘rta muddatli dastur qabul qilinadi.

O‘zbekiston shaharlarda joylashgan ijtimoiy binolar va ko‘p xonadonli uylar 2015 yil oxirigacha energetik nazoratdan o‘tkaziladi. Ushbu nazoart natijalari energiya samaradorligini oshirish dasturi asosiga yotqiziladi.

“Ushbu energetik nazorat natijasida har bir binoni istish, havo tozalash va suv bilan ta’minlash tizimlarining haqiqiy ishlash tartibi o‘rganib chiqiladi. Bu esa o‘z navbatida kelajakda ushbu tizimlar ishining samaradorlgini oshirishga yordam beradi”, — dedi suhbatdosh.  

Hukumatida energiya samardorligi masalalari komissiyasi tuziladi.  

Standartga muvofiq bo‘lmagan samarasiz isitish qozonlarini va suv isitish moslamalarini yangi zamonaviy uskunalar bilan almashtirishga alohida e’tibor beriladi.

Istitish korxonalari ham chetda qolmaydi. Yangi uskunalar 405 markaziy rayon qozonxonalarida o‘rnatiladi. Ulardan Toshkentda 143, Buxoroda 68, Farg‘ona viloyatida 41 qozonxona.

Dastur bo‘yicha joylardagi qozonxonalarning 1151i yangilanadi, 656si qayta quriladi. Ulardan Toshkentda 535 qozonxona, Namanganda 277ta va Farg‘ona viloyatida 250ta.

TOShISSIQQUVVATI vakili so‘zlariga qaraganda, hozir poytaxtning Sergeli tumanida issiqlik bilan ta’minlash tizimini butunlay yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha birnchi sinov loyhasi amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona mutaxasisslari kichik issitish stansiyalari, xususiy issiqlik hisoblagichlari o‘rnatishmoqda. Yana qozonxonalarda ham qayta qurilish ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar fikricha, qayta qurilgan qozonxonalar samaraligi 90%ga oshadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0