Jamiyat

“Islom Davlati” yollovchilariga hukm oʻqildi

© fotoliaQonun va huquq timsollari
Qonun va huquq timsollari - Sputnik Oʻzbekiston
Ayblanuvchilar 3,5 yildan 18 yilgacha jazo olishdi.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Xorazm viloyat sudi bir guruh yosh jinoyatchilarga hukm oʻqidi. II vakili xabariga koʻra ularga ““Islom davlati” yollovchilari” deb ayb qoʻyilgan.

Urganchlik Shuhrat Bobonazarov, Farxod Sharipov, Azamat Atayev oldin sudlangan Ulugʻbek Olimov va Shuhrat Normetovlarning taʼsiri ostiga tushib qolishgan va yoshlar orasida ekstremistik adabiyotlarni tarqatishni boshlagan.

Suhbatdosh xabariga koʻra,  yollovchilar taʼsiri ostida yoshlar oʻz tengdoshlari orasida salofiylik va jihod gʻoyalarini tarqatgan va Oʻzbekiston konstitutsiya tizimini oʻzgartirib Islom davlati tuzishga  targʻib qilishgan.

Sud qarori bilan ekstremistlar boshligʻi Ulugʻbek Olimov 18 yilga, Zafar Xudoyberganov 14 yilga, Abdusharif Xudoyberganov 11 yilga va Zarifboy Otaniyozov 3,5 yilga qamoq jazosiga mahkum qilindi. Yollangan Atayev 6 yil, Bobonazarov va Sharipovlar 5,5 yildan qamoq jazosi olindi.

“Islom davlati” butun dunyodagi musulmonlar yashaydigan mamlakatlarni birlashtirib ular ustidan diniy va siyosiy hukumat oʻrnatishni oʻziga maqsad qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala