McDonald’s 320 ming jarima to‘ladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMoskva Pushkin maydonidagi Makdonalds qahvaxonasi
Moskva Pushkin maydonidagi Makdonalds qahvaxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvalikka ma’naviy zarar uchun "Makdonalds" 320 ming jarima to‘ladi.

 

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Moskva shahar Tver rayon sudi "Makdonalds"dan moskvalik foydasiga 320 ming rubl undirib oldi. RIA Novosti sud matbuot xizmati xabari asosida xabar berdi.

Da’vogar "Makdonalds"dan 5 mln rubl talab qilgan. "Makdonalds" bo‘lsa 100 ming rubl to‘lashga rozi bo‘lgan.

“Sud ular talabini qisman qondirib 300 ming ko‘rilgan ma’naviy zarar uchun jarima va 20 ming xarajatlarni qoplashga to‘lashga qaror chiqardi,” — deyilgan matbuot xizmati xabarida.   

Eslatib o‘tamiz shu yilning aprel oyida moskvalik rafiqasi va 3 yoshli qizchasi bilan "Makdonalds" qahvaxonasiga kelgan. Buyuurtmani berish vaqtida kassa xodimi qaynoq kofeni tasodifan to‘kib yuborgan. Buning oqibatida kassa yonida turgan 3 yoshli qizcha bo‘yni va tanasi kuygan.

 

Yangiliklar lentasi
0