Jamiyat

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sigaretlarga 20% mahalliy tamaki qoʻshiladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka oʻtishSigaret ishlab chiqarish
Sigaret ishlab chiqarish - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hukumat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sigaretlarga kamida 20% mahalliy tamaki qoʻshish majburiyatini qoʻydi.

TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati British American Tobacco Uzbekistan kompaniyasini sigaret ishlab chiqarishda 20% mahalliy tamaki qoʻshishga majburladi. Bu haqda hukumatning dushanba kuni chop etilgan qarorida aytilgan.

Oʻzbekiston sigaret ishlab chiqarish monopolisti BAT Uzbekistan, bundan buyon beshdan bir qismi Oʻzbekistonda yetishtirilgan tamakidan tashkil topgan sigaretlar ishlab chiqarishga majbur.

“Olib kirilgan tamakining hajmi, yillik tamaki mahsulotining 80%dan  koʻp boʻlmasligi kerak”, —  deyilgan ushbu hujjatda.

Undan tashqari BAT Uzbekistan mahsulotning 50% qiymatini mahalliy fermerlarga avans tariqasida toʻlashi kerak.

Fermer xoʻjaliklari yiliga 15 ming tonna “Dyubek” va “Izmir” sortlariga mansub tamaki mahsulotlari yetishtiradi. Undan 85% BAT Uzbekistan kompaniyasiga yetishtirib beriladi.

Oʻn yil oldin British American Tobacco "Uztabak" korporatsiyasining yarmidan koʻpini sotib olib "UZBAT A.O." (BAT Uzbekistan) korxonasini tashkil qildi.  

Oʻzbekiston tamaki mahsulotlari bozori yiliga 17 milliard sigaretni tashkil qiladi. Mahalliy korxona ulushi 90%ni tashkil qiladi. Noqonuniy olib kelingan sigaretalar kam uchraydi. Ular asosan Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikistondan olib kelinadi.  

Yangiliklar lentasi
0