Jamiyat

Lenovo Oʻzbekiston bozorida faol ishlashni boshlaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishNoutbuk bilan ishlash.
Noutbuk bilan ishlash. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoyning ushbu kompaniyasi Oʻzbekistonlik xaridorlar orasida oʻz mahsulotiga qiziqish uygʻotmoqchi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Lenovo Oʻrta Osiyo bozoriga faol kirishni boshlaydi, deb xabar berdi Sputnik korrispondentiga kompaniyaning Ozarbayjondagi mamlakatlararo  menedjeri Sagim Jusupov. 

Vakilning soʻzlariga koʻra, hududdagi davlatlar orasida kompaniya uchun  Oʻzbekiston bozori eng katta ahamiyatga ega, chunki aholi soni va isteʼmol bozori eng katta.

Hozir Lenovo taʼlim yoʻnalishidagi turli ijtimoiy dasturlarda ishtirok etayapti. Shu bilan birga davlat va jamiyat tashkilotlari hamda xususiy korxonalar orasida ham hamkorlarini koʻpaytirish niyatida.  

“Bizning strategiya — bu faqat marketingni rejalashtirish, reklama va PR-aktsiyalar emas, balki shuningdek ijtimoiy loyhalarni qoʻllab-quvvatlash hamda xayriya qilish ham. Bizni faqat foyda emas, balki har bir odam qiziqtirishini koʻrsatmoqchimiz, chunki ular bizning boʻlgʻusi mijozimiz”, — dedi Sagim Jusupov.

Boshqa osiyo davlatlari haqida kompaniya menedjeri u mamlakatlarda ham Lenevo kompyuterlari va boshqa uskunalari sotish hajmini oshirish ustida faol ishlayapti, dedi

Masalan,Turkmanistonda har yili 100 — 200 mingta Xitoyda ishlab chiqarilgan noutbuklar, birinchi sinf oʻquvchisi uchun mamlakat prezidenti tomonidan sovgʻa qilinadi.

Masalan Turkmanistonda, Lenovo sʼay-harakatlari evaziga, har yili 100-200 mingga yaqin noutbuk birinchi sinf oʻquvchilari uchun prezident sovgʻasi sifatida sotib olinadi.   

Lenevo kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar, uyali telefonlar, noutbuklar va monitorlar ishlab chiqarish bilan birga u mahsulotlar uchun dasturlar  ham ishlab chiqaradi.

Lenovo AQSH, Braziliya, Hindiston va Meksikada oʻz zavodlariga ega. Kompaniya 2007 yil Polshada birinchi zavodini ochdi, 2011 yilning kuzida esa Rossiyada birinchi zavodni qurish rejalarini eʼlon qildi.

Bugungi kunda Lenevo dunyo boʻyicha besh mingdan koʻproq patentga ega. Kompaniya  dunyoning 160 ta davlatidagi mijozlarga xizmat koʻrsatadi.2015 yil iyul oyi maʼlumotlariga qaraganda, Lenevo kompyuterlar bozorida 21% dan  koʻproq ulushni egalladi.

Kompaniyaning asosiy raqobatchilari Dell va Hewlett Packard  shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchilari.

Yangiliklar lentasi
0