Dunyo bo‘ylab 8-yilda: Qirg‘iziston fuqarosi dunyo bo‘ylab piyoda safarga otlandi

© Sur’at Azamat Janaliyev tomonidan taqdim etildiAzamat Janaliyev
Azamat Janaliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonlik Azamat Janaliyev o‘z orzusini amalga oshirish va dunyoni piyoda aylanib chiqishga qaror qildi. Izlanuvchining asosiy maqsadi Shvetsiya, Yangi Zellandiya va Yaponiya.

Sayohatchi Azamat Janaliyev hayotining 6-yildan 8-yilgacha vaqtini oladigan ushbu piyoda sayohatga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganligini Sputnik Qirg‘izistonga aytib berdi.

— Azamat, dunyoni bunday aylanish g‘oyasi sizda qanday paydo bo‘ldi?

— Men o‘zim asli Baliqchidanman. Sayohat haqida esa, birinchi marta Semenov-Tan-Shanskiy haqida eshitganimda o‘yladim. Dunyo tarixi va bizning tarixda iz qoldirgan ajoyib odam. Lekin keyinchalik ushbu rejalar unutildi. Men o‘sib, arxitektor bo‘ldim. Kundan kun o‘tib o‘zimga savol berdim: «Men odamlarni esida qolish uchun nima qildim? Nahotki hayotim uy bilan ishda o‘tib ketadi? Men nabiralarimga nimani aytib beraman?». Shunda orzularni haqiqatga aylantirish vaqti kelganini tushundim. 

— Qachon sayohatga tayyorgarlik ko‘rishni boshladingiz?

— Mening sayohatim uch qismga bo‘lingan: Qirg‘iziston atrofii bo‘ylab, Baxreyn oroliga safar va dunyo safari, agar shunday deyish mumkin bo‘lsa. Men allaqachon o‘z mamlakatim atrofini aylanib chiqdim va bu menga uzoq safarga tayyorgarlik  kurishimda juda qo‘l keldi.  Men velosipedda harakatlandim va mamlakatning har burchagida ajoyib odamlar bilan tanishdim, tabiatimizning naqadar go‘zalligiga amin bo‘ldim. Har bir Qirg‘izistonlikka shunday sayohat qilishni maslahat beraman. Hozir men ikki haftalik Baxreyn safariga qattiq tayyorgarlik ko‘rayapman. Bu menga o‘zimni turli sharoitlarda, eng issiq va eng sovuq muhitlarda sinab ko‘rish imkonini beradi.

— Keyinchi, asosiy qism qachon boshlanadi? 

— Eng qiziqarli va eng qiyini hali oldinda. Sayohatga aqliy, jismoniy va moddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Agar birinchi bosqichda oson bo‘lsa, oxirgi bosqichda qiyin bo‘ladi. Mustaqil sayohat qilish uchun menda ko‘p narsa yo‘q, homiylar kerak, lekin hali ular ham topilganicha yo‘q.  Boshqa mamlakatlarda menga o‘xshagan qiziquvchilarga homiylik qiladigan firmalar ko‘p. Qirg‘izistonda bu masalani hal qilish qiyin. Men shu masala yuzasidan siyosiy partiyalarga murojat qildim, lekin hozircha javob yo‘q. Bundan tashqari Qirg‘izistonda meni yutuqlarimni reklama qiladigan komanda kerak. Lekin bu ish uchun ham to‘lash kerak bo‘ladi.

— Siz qanday maqsadni ko‘zlayapsiz dunyo bo‘ylab safaringizdan?

— Bu juda oson — dunyoni Qirg‘iziston bilan tanishtirish. Bizda elchixonlar judayam kam, boshqa mamlakatlar va qit’alar bilan aloqa o‘rnatish, balki menga nasib qilar. Men albatta mamlakatimiz ramzi bo‘lgan oq qalpoqni kiyib yuraman! Men o‘rgangan Qirg‘iziston tarixida o‘z izini qoldirgan sayohatchi yo‘q. Magellan, Kolumb…ular dengizda yo‘nalishlar ochdi. Men tarixda o‘z izimni oyoqlarim bilan qoldirmoqchiman. Yana bir narsa, menda ham bundan bir umrga yetadigan taasurot qoladi. 

— Qaysi mamlakatda ko‘proq bo‘lishni xoxlaysiz?

— Ular shunchalik ko‘pki!!! Lekin menga eng qiziqlari Shvetsiya, Yaponiya va Yangi Zellandiya. Men hatto bilmayman nima uchun ular meni o‘ziga tortayapti, vaholanki, ular butunlay bir biriga o‘xshamaydi.  

— Oilangiz bunday muhim qadamga qanday munosabat bildirdi?

— Turmush o‘rtog‘im hali yo‘q, otam va o‘rtoqlarim qo‘llab quvvatlashayapti. Seni orzularing ushalishi uchun shuncha insonlarni qo‘llab quvvatlashini his qilish bu ajoyib, tushuntirib bo‘lmaydigan tuyg‘u. Ularga chin dildan baxt tilab qolaman.

— Hammasini tashlash fikri tug‘ilmaganmi?

— Hech qachon, mamlakat bo‘ylab sayohat, menga to‘g‘ri qadam tashlayotganimni tushintirdi. Meni hamma qo‘llab quvvatladi. Bu ajoib o‘tgan vaqt menga shuni tushinib yetishimga yordam berdiki, kishi o‘z orzusiga yetishishi uchun nimaiki bo‘lsa qilishi kerak, va shunda u eng yaxshi mukofotni oladi. 

— Keyingi orzu qanday bo‘ladi? 

— Eng shirin — men uyga qaytaman.

Yangiliklar lentasi
0