Madaniyat

Toshkentda rassomlar sulolasi koʻrgazmasi ochildi

© Sputnik / Alisher Soliyev"Lilar oilasi" rassomlar sulolasi koʻrgazmasi
Lilar oilasi rassomlar sulolasi koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
“Lilar oilasi” bu bir oilada har xil uslubda ishlaydigan besh rassomni birlashtirgan rassomlar sulolasi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda yaqinda rassomlar sulolasi koʻrgazmasi ochildi, Sputnik muxbiri xabariga koʻra..  

Taniqli oʻzbek surʼatchisi Petr An, Sputnik muxbiriga aytishiga koʻra, Oʻzbekiston rassomchilik sanʼatida kuchli va ahil ustalarni birlashtirgan “Lilar oilasi” bu noyob fenomen.    

“Ular birgalikda va har biri alohida qiziq. Ularning ijodini oddiy hayotni moʻʼjizaviy ertakka aylantirish xususiyati birlashtirib turadi” – dedi An.

"Oni interesnы vmeste i kajdыy v otdelnosti. Obʼyedinyayet ix tvorchestvo umeniye prevratit obыchnuyu jizn v chudesnuyu skazku", — otmetil on.

 

Verinisajda tasviriy sanʼatning kitob grafikasi, estamp, ofort, litografiya, monoprint va boshqa uslub va yoʻnalishlari hamda oila arxividan fotosurʼatlar namoyish qilingan.

“Koʻrgazmada koʻrsatilgan namunalar bu xamir uchidan patir xolos. Koʻp yillar davomida bizda yuzlab tasvirlar yigʻilib qolgan. Asosiysi, hamma oʻzi tanlagan yoʻnalishda ishlaydi. Ikkala Aleksandr ham falsafiy mavzularni yoqtirishadi, Tatyana — tabiatda ishlashni, Mariya – xayoliy rassomchilikni yoqtiradi”, — dedi Galina Li.

Galina Li bolalar kitoblari rassom-illyustratori. Bolalar mavzusi uning ijodida eng asosiy mavzu. Galinaning fikricha, bolalar uchun chizilgan surʼatlir sifati boshqa surʼatlardan yaxshiroq boʻlishi kerak.

Barcha ertak qahramonlari obrazlari juda ifodali, chunki yaqin doʻstlar tanishlar qiyofasidash olingan. Har bir bolalar kitobi bezatishda rassom oʻziga xos til topgan.

Yaqin kunlarda Galina Oʻzbekistonlik kichik oʻquvchilar uchun rus avtorining yangi kitobini bezatishni boshlaydi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala