Dunyoda

Qirgʻiziston janubida 5 balli yer qimirlashi sodir boʻldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishYer qimirlash oqibatida paydo boʻlgan yoriq.
Yer qimirlash oqibatida paydo boʻlgan yoriq. - Sputnik Oʻzbekiston
Yer qimirlashi markazi Tosh-Koʻmir shahridan 25km gʻarbda joylashgan.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Qirgʻizistonda ushbu haftada ikkinchi marta kuchli yer qimirlashi sodir boʻldi, deb xabar berdi Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi seysmologlari.

Or osti silkinishlari chorshanba oqshom soat 12 lar atrofida sezildi. Silkinishlar kuchi 5 ballni tashkil qildi.

“Yer qimirlashi markazi Qirgʻiziston hududida, Qizil Jar qishlogʻidan 8km, Tosh-Koʻmir shahridan 25 km masofada joylashgan”, deyishdi seysmologlar.

Yer qimirlashi oqobitida hech kim zarar koʻrmadi.

Dushanba kuni, 21 sentyabrda Qirgʻiziston shimolida Issiq-Koʻl qirgʻogʻi yaqinida birdaniga ikki yer qimirlashi sodir boʻlgandi. Ulardan birining magnitudasi 5 ballni tashkil qildi.

Seysmologlar maʼlumotga qaraganda, oxirgi paytlarda, respublikada yer qimirlashlar soni koʻpaygani sezilmoqda. Shu yilning avgust oyidan boshlab respublikada oʻnga yaqin yer osti silkinishlari roʻy berdi. Qirgʻiziston Favquloda holatlar vazirligi 2015 yilning ikkinchi yarmida respublika hududida magnitudasi 9 ballgacha bir necha yer silkinishlari sodir boʻlishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.

Qirgʻiziston seysmologik faol hududda sjoylashgani sababli u yerda juda koʻp yer qimirlashi sodir boʻladi. 2008 yilda Xitoy chegarasiga yaqin joyda joylashgan Nura qishlogʻi, 8 balli yer qimirlashi natijasida, butunlay vayron boʻlgan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala