O‘rta Osiyo mamlakatlari qochqinlarni qabul qilishi kerakmi?

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishSerbiya-Vengriya chegarasidagi qochqinlar
Serbiya-Vengriya chegarasidagi qochqinlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya parlamentida lord Desai seshanba kuni ushbu fikrni bildirdi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Britaniya parlamentida lord Desai seshanba kuni ushbu fikrni bildirdi. Uning fikricha bu hozir yuz berayotgan krizisning yechimi bo‘lishi mumkin.

“O‘rta Osiyoda Turmaniston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston kabi aholi siyrak joylashga mamlakatlar bor. U yerda aholi zichligi Yevropaga qaraganda 100 baravar kam. Men, BMT yuqoridagi mamlakatlar bilan hamkorlikda, qochqinlarning mumkin qadar ko‘p qismini ushbu mamlakatlarda joylashtirishini xoxlardim”, — dedi lord Desai.        

Uning fikricha, O‘rta Osiyo mamlakatlari Yaqin Sharq mamlakatlari qochqinlarini yaxshi kutib olishi kerak, chunki ular bir-biriga madaniy yaqin. 

Qozog‘iston tayor

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Birjan Nurimbetov, agar kerak bo‘lsa qochqinlarni qabul qilishga tayorligi aytdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Qozog‘istonda 2011-yilda “Qochqinlar haqida” qonun qabul qilingan, undan tashqari BMTda qochqinlar ishi bo‘yicha doimiy vakil ishlab kelmoqda. Nurimbetovning so‘zlariga qaraganda, Qozog‘iston Yaqin Sharq mamlakatlaridan qochqinlarning ma’lum bir sonini qabul qilishga tayor, lekin bunday choralar kerak bo‘lmaydi.

Tojikistonning puli yo‘q 

Rossiya siyosiy sharhlovchisi Andrey Zaxvatov, lord Desaining ushbu so‘zlarini jiddiy qabul qilmaslik kerak.

“Birinchidan, Tojikiston kabi O‘rta Osiyo mamlakatlarida aholi soni juda tez o‘sib bormoqda — yiliga 2% dan ko‘p. Bu degani, 8,3 mln aholi soniga, har yili 170 ming kishini ish bilan ta’minlash kerak. Ularni o‘qitish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ish bilan ta’minlash kerak”, — deydi ekspert.

Lekin ish o‘rinlari yetishmaydi, shuning uchun ham har yili millionga yaqin migrntlar Rossiyaga va boshqa mamlakatlarga ishlash uchun keladi.

Undan tashqari, ekspert so‘zlariga qaraganda, aholining o‘rtacha daromadi juda kam bo‘lganligi uchun qochqinlarning katta qismini qabul qila olmaydilar.

Zaxvatovning fikricha, bunday takliflar kiritishdan oldin, hech bo‘lmasa bir qochqinni ko‘chirib o‘tish va joylashtirish xarajatlarinii hisoblab chiqish kerak. 

“Bunday ishlar uchun belgilangan xarajatlar o‘lchamlari allaqachon ma’lum. Agar o‘sha sonlarni millionlab qochqinlar soniga ko‘paytirsak, bunaqa takliflar kiritish xoxishi butunlay yo‘qoladi”, — deydi ishonch bilan ekspert.

O‘rta Osiyo mamlakatlari qochqinlarni qabul qilishga imkoniyati yo‘qligini tojik moliyachisi Sadriddin Amirov ham tasdiqlaydi.

Uning so‘zlariga qaraganda Tojikistonda AQSh va Yevropa mamlakatlari kabi imkoniyatlar yo‘q va bunday bayonotlar iqtisodiy asosga ega emas.

“Qochqinlar gullab-yashnayotgan Yevropada yashamoqchi”

Tojikistonlik iqtisodchi Aziz Nazarovning fikricha, lord Desaining taklifi — yangilik emas. Shunga o‘xshash choralar haqida bir necha Yevropa siyosatchilari gapirgan. Faqat, ko‘p hollarda, Yaqin Sharqning Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Baxreyn kabi boy mamlakatlari misolida gapirilgan.

“Mening fikrimcha, ushbu mamlakatlar O‘zbekiston va Tojikistondan ko‘ra  diniy va ruhiy jihatdan Suriyaliklarga yaqinroq”, — deb hisoblaydi iqtisodchi.

Nazarovning fikricha, qochqinlarning o‘zi ham O‘rta Osiy mamlakatlariga ko‘chib o‘tishni xoxlamaydi.   

“Qochqinlarning ko‘pchilligi – o‘qimishli yoshlar bo‘lib, ular qonun hammaga barobar bo‘lgan va har bir kishiga kam bo‘lsada ijtimoiy himoya kafolatlangan Yevropada yashashni xoxlaydi”, — deydi ishonch bilan Nazarov.

Ekspert fikricha, qochqinlarning maqsadi — g‘arbiy va shimoliy Yevropa mamlakatlarida yashash va ishlash. YeI qochqinlarni qabul qilishda davom etarkan, ular ushbu mamlakatlarga yetib olishga harakat qilishadi. Bunaday holatda, ko‘p narsa YeIning qochqinlarga nisbatan yagona strategiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Faqat ushbu siyosatga cheklash kiritilgandagina, qochqinlar boshqa joylarni tanlashi mumkin.

Sharoitni tushunmaslikmi yo provokatsiya?

Qirg‘iz siyosatchisi Mars Sariyevning so‘zlariga qaraganda, Britaniya lordining so‘zlari — bu aniq maqsadni ko‘zlagan provokatsiya. Uning maqsadi sobiq Ittifoqning O‘rta Osiyo respublikalarida jamiyat fikrini o‘rganish.

“Britaniyaliklar oxirgi 200-yil davomida dunyoda ro‘y berayotgan barcha siyosiy mojarolar rejisseri, shuning uchun bizni bunday “cho‘tlash” sergaklantirishi kerak”, — deb ogohlantirdi Sariyev.   

Yil boshidan buyon Yevropaga 500 ming migrantlar keldi va kun sayin ularning soni oshib bormoqda. Ushbu migrgatsion krizis, Ikkinchi Jahon urushidan keyin dunyodagi eng katta krizis deb tan olindi. 

Yangiliklar lentasi
0