Iqtisod

Oxirgi 7 yil davomida Xitoy bilan savdo-sotiq 5 baravar koʻpaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishTemir yoʻl majmuasi
Temir yoʻl majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hozir Oʻzbekistonda 500ga yaqin qoʻshma korxonalar ishlamoqda.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. 2007 yildan beri Oʻzbekistonning Xitoy bilan savdo sotigʻi 5 baravar koʻpaydi, deydi “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnali.

Ushbu sonlar 22 sentyabrda TOshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Xitoy biznes-forumi paytida eʼlon qilindi.

Anjumanda neft-kimyo, elektr-texnika, mashinasozlik, energetika sanoatlari va qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport va turizm sohasidan mutaxassislar qatnashdi.

XXR biznesmenlari yangi xususiylashtirish dasturi bilan qiziqishdi. Ushbu dasturga koʻra 1,2 ming korxonani xususiylashtirish moʻljallangan. Oʻzbekiston Xitoy tadbirkorlariga qoʻshimcha imtiyozlar taklif qilmoqda.

Uchrashuv Oʻzbekiston Savdo va sanoat palatasi hamda Xitoy Xalqaro savdo rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala