Dunyoda

Moskvada Yevropaning eng katta masjidi ochildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishMoskvaning bosh masjidi ochilishi
Moskvaning bosh masjidi ochilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Muftiylar kengashi raisining soʻzlariga binoan poytaxtda ajoyib, hashamatli va ulugʻvor masjid qurildi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiya poytaxtida musulmonlarning eng katta bayrami — Qurbon Hayit arafasida Moskva Jomeʼ masjidi oʻz eshiklarini ochdi.

Yevropaning eng katta masjidining tantanali ochish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdogan, Falastin rahbari Maxmud Abbos hamda Yevropa mamlakatlari elchilari qatnashdi. Oʻzbekiston Din ishlari qoʻmitasi vakillari ham ushbu marosimda qatnashdi.

Rossiya poytaxtiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov, Dogʻiston prezidenti Ramazan Abdulatipov va Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurovlar ochilish marosimida qatnashish uchun kelishdi.

“Moskva Jomeʼ masjidi – bu bizning dinimiz va birligimiz ramzi. Moskva Jomeʼ masjidi ochilishi kuni – Rossiya Federatsiyasi uchun davlat ahamiyatiga ega boʻlgan voqea va butun islom dunyosi uchun xayrli xabar”, — dedi Rossiya Muftiylar kengashi raisi Ravil Gʻaynutdin, marosim boshida.

Moskva Jomeʼ masjidi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvada yangi Jomeʼ masjidi ochiladi

Muftiylar kengashi raisi ishonch bilan aytishiga qaraganda, mamlakatning bosh masjidi Rossiyaning diniy va davlat suverenitetini mustahkamlashda, xalqaro va dinlar aro tinchlikni, jamiyatda birdamlikni, Rossiyaning islom dunyosi bilan hamkorligini mustahkamlashda katta foyda keltiradi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala