Moskva jome’ masjidi - Rossiyaga munosib.

Obuna bo‘lish
Rossiyaga munosib - dedi Putin yangi Moskva jome’ masjidi ochilish marosimida.


Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Moskva jome’ masjidi ochilishi bilan tabrikladi va yangi masjid asosiy diniy va insoniy g‘oyalar tarqalish markazi bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.

"Yangi Moskva jome’ masjidi ochilishi bilan Sizlarni chin yurakdan tabriklayman. Rossiya musulmonlari uchun bu buyuk hodisa. Moskvaning eng qadimiy masjidlaridan biri o‘zining qadimiy joyida qayta tiklandi", dedi prezident. 

Hozirgi paytda “Islom davlati” terrorchilik guruhi dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan asosiy sabab bo‘lib qolmoqda. Oxirgi bir necha yillar davomida jangarilar Iroq va Suriya hududlarida katta maydonlarni egalab olishdi. Undan tashqari terrorchilar tashkilot ta’sirini shimoliy Afrika, xususan Liviya hududlarida ham tarqatmoqchi.  

Iyun oxirida Putin Suriya, Turkiya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni rahbariyatiga terrorchilar guruhi bilan kurashda birlashishni taklif qildi. Rossiya, o‘z navbatida, mamlakatlararo muzokaralar olib borishga ko‘maklashadi. 

Yangiliklar lentasi
0