Putin musulmonlarni Qurbon Hayit bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtida asosiy bayram tantanalari Moskva jome’ masjidida o‘tmoqda

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Qurbon Hayit bilan tabrikladi, Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Qurbon Hayit musulmonlarning eng katta bayrami. Ushbu bayram islom kalendarining Zul-Xijja oyining o‘ninchi kunida nishonlanadi va uch kun davom etadi.

“Haj safari yakunini bildiruvchi ushbu bayram, odamlarni bir biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Ularni qadimiy avlod-ajdodlarning diniy va ruhiy urf-odatlariga yaqinlashtiradi… Ishonchim komilki Rossiya musulmonlari kelajakda ham mamlakat hayotida har taraflama qatnashadi, xalqlar aro va dinlar aro muloqotni rivojlantirishda, jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda o‘z hissalarini qo‘shadi”, — deb prezident so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Ushbu damlarda Moskva jome’ masjidida asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0