Toshkentda neft va gaz sohasida iki ming mutaxassis tayorlashadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishNeftchilar qazish uskunasida
Neftchilar qazish uskunasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi paytda Rossiyaning Neft va Gaz universitetining Toshkent filialida 600 ga yaqin talaba o‘qiydi. O‘tgan yili 300 talaba bitirib chiqqan.

 

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Rossiya Davlat Neft va Gaz universiteti besh yil davomida neft va gaz sohasida ikki ming mutaxassis tayorladi, “Lukoyl” kompaniyasi vitse-prezidenti Anatoliy Moskalenkoning so‘zlariga binoan.

Toshkentda o‘tkazilgan “Neft va gaz sohasi uchun mutaxassislar” xalqaro anjumanida, ushbu sohaning to‘liq rivojlanishi uchun to‘rt ming mutaxassis kerak bo‘ladi deyilgandi.

“2017 yilda biz birinchi navbatda Qandim gazni qayta ishlash zavodini ishga tushirishimiz kerak. Kompaniya bunga oldindan tayorgarlik ko‘rdi, 2016-2017 yillarda Toshkent filiali, bizning talablarga binoan 300 mutaxaasis tayorladi”,  dedi Moskalenko.  

Uning so‘zlariga qaraganda "Lukoyl" O‘zbekistonda mutaxassislarni tayorlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqdi. Ushbu reja 2025-yilga qadar kelajakda kerak bo‘ladigan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayorlashni ko‘zda tutgan.  

Rossiya Davlat Neft va Gaz universiteti direktori Viktor Martinovning so‘zlariga qaraganda, Toshkent filialida tayorlangan mutaxassisilar, O‘zbekiston neft va gaz sanoatini yangi pog‘onaga ko‘tarishning asosiy kuchi bo‘lishdi.  

“7 yil davomida ular 300 mutaxassis tayorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu yerdagi ta’lim sifati Moskvanikidan qolishmaydi, istiqboli esa – juda yuksak” dedi u.

Biroz oldin xabar berganimizdek, “Rossotrudnichestvo” rahbari Lyubov Glebova ushbu anjumanda qatnashish uchun Toshkentga kelgandi. Lyubov Glebova O‘zbekiston hukumati bilan ushbu sohada o‘qish uchun Rossiya OO‘Yuda O‘zbekiston fuqarolariga qo‘shimcha o‘rinlar berish  masalasini muhokama qildi.

Anjuman "LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani", NXK "Uzbekneftegaz"va Gubkin nomidagi RGUNGning Toshkent filiali tomonidan tashkil qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0