Rossiya prezidenti BMT Bosh assambleyasida nimalar haqida gapirishini aytdi.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin: BMT - butun dunyoda tinchlikni saqlab qolish uchun yaratilgan yagona universal xalqaro tashkilot.

 

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqarkan, xalqaro munosobatlarning Rossiya nuqtayi nazaridan kuzatilishi va IShID terrorchilariga qarshi kurash muammosini ko‘tarishini aytdi.

Amerikalik jurnalist Charlz Rouzga Rossiya rahbari BMT Bosh assambleyasida nima haqida gapirishini aytib berdi.

“Mening fikrimcha, terrorchilikka qarshi kurash haqida BMT minbariga chiqqanlarning bari gapiradi, men ham ushbu mavzuda so‘z ochishimga  to‘g‘ri keladi. Bu tabiiy, chunki terrorchilik barcha uchun jiddiy xavf”, — dedi Rossiya prezidenti.

Putin BMTni rivojlantirish masalasini ham ko‘taradi. U BMTni tashkil qilish haqidagi qaror Sovet Ittifoqida, Yalta anjumanida qabul qilinganlgini ta’kidlab o‘tdi. SSSR va uning me’rosxo‘ri Rossiya BMTni tashkil qilgan mamlakatlardan biri va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi.

Rossiya prezidentining so‘zlariga qaraganda,  BMT ushbu kun talablariga binoan o‘zgarishi va yangi dunyoga moslashishi kerak. Putininng fikricha “BMT — butun dunyoda tinchlikni saqlab qolish uchun yaratilgan yagona universal xalqaro tashkilot”.

 

Yangiliklar lentasi
0