Vladimir Putinning BMTdagi nutqi

© Sputnik / Mixail Metsel/POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin BMT Bosh assambleyasida nutq so‘lamoqda
Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasida nutq so‘lamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMTning 70 sessiyasida Rossiya prezidenti BMTning dunyo muammolarini yechishdagi o‘rni, “ID” xavfi, NATOning kengayishi, sobiq Ittifoq respublikalaridagi rangli revolyutsiyalar, Ukraina muammosi, ekologik xavflar haqida gapirdi.

TAShKENT, 28 sen – Sputnik. Vladimir Putinning BMTning 70 sessiyasida nutq so‘zlarkan, dunyo tinchligiga xavf solayotgan asosiy muammolarni birin ketin ta’kidlab o‘tdi va va ularga yechim taklif qildi. 

BMT haqida 

Nutqining boshida Vladimir Putin BMTning tashkil etilish tarixida sobiq Sovet Ittifoqi va Gitlerga qarshi tuzilgan koalitsiyanig o‘rni haqida gapirdi. Shu bilan birga BMTning hozirgi kundagi ahvoli, xalqaro muammolarni yechishda ojizligi,  ba’zi davlatlar BMT nizomiga bo‘ysunmay, xoxlagan ishlarini qilatgani haqida ham gapirdi. Xususan u hozir BMTni kattalar oyog‘i ostida chalkashib yurgan bolakayga o‘xshatdi.     

Hammaga ma’lumki «covuq urush» tuguganda keyin dunyoda yagona “kuch markazi” qoldi. O‘shanda ushbu cho‘qqini egallaganlar o‘zlarini dunyoning egasi deb his qilib, boshqalar bilan, xususan BMT bilan, hisoblashmay qo‘ydilar. Hattoki BMT o‘z vazifasini o‘tab bo‘ldi, uning muddati tugadi degan gaplar ham boshlandi.   

Albatta dunyo o‘zgarmoqda, BMT ham unga mos bo‘lishi kerak. Rossiya ham bu borada ko‘lami keng hamkorlikka tayor. Lekin BMTning obro‘sini yo‘qqa chiqarish juda xavfli deb hisoblaymiz. Bu xalqaro aloqalar tuzimini yo‘q qilishi mumkin. O‘shanda dunyoda “zuravonlik qoidasidan” boshqa hech qanday qoida qolmaydi. Dunyoda brgalashib ishlash o‘rnida yakkahokimlik tizimi vujudga keladi. Hamkorlik o‘rnini mustabidlik egallaydi. Demokratiya va ozodlik o‘rnini egoizm egallaydi. Haqiqiy mustaqil davlatlar o‘rnida ko‘plab tashqaridan boshqariladigan mustamlaka davlatlar paydo bo‘ladi.

Davlat suvereniteti bu har bir xalq har bir davlatga o‘z taqdirini o‘zi hal qilish imkoniga ega bo‘lish. Shunday bo‘lsada, Vladimir Putin BMTning yuksak imkoniyatlari borligiga ishonch bildirdi va u dunda tinchlikni ta’minlovchi yagona tashkilot ekanligini ta’kidladi.. 

“Birlashgan Millatlar tashkiloti – qonuniylikda, keng ko‘lamlilikda va dunyoning barcha millat va davlatlarini mujassamlashtirshda tengi yo‘q yagona tashkilot”, — dedi Vladimir Putin.

BMTning asosiy vazifasi  dunyoning barcha burchaklarida tinchlikni, regional va global barqarorlikni saqlash.Xavfsizlik faqat tanlangan mamlakatlar uchun emas balki hamma uchun ta’minlanishi kerak. Bu qiyin, uzoq muddatli ish, lekin boshqa iloji yo‘q, dedi. 

Suriya va “ID” haqida 

O‘tgan yillar tajribasini unutmaslik kerak. Sovet Ittifoqi tarixini esga olsak, sotsial revolyutsiyalarni chet davlatlariga esport qilish keng qo‘llanilardi. Lekin bunday o‘zgarishlar odatda rivojlanishga emas aksincha mojaro va davlat yemrilishiga olib kelardi. Ko‘rinib turibdiki, ba’zi davlatlar bundan kerakli xulosa chiqarib olmagan, birovlar xatosidan o‘rnak olish o‘rniga ularni takrorlash bilan shug‘ullanayapti. “Demokratik” revolyutsiyalarni eksport qilish davom etmoqda. 

Yaqin Sharq va shimoy Afrika davlatlriga nazar solsak bunga amin bo‘lamiz. Albatta ushbu mamlakatlarda ijtimoiy va siyosiy muammolar bor edi va odamlar o‘zgarishni xoxlar edilar, lekin oxiri nima bo‘ldi?  Chetdan qilingan tajovuzkorona harakatlar oqibatida islohotlar o‘rniga butun davlat tuzimi, odamlar turmushi surbetlik bilan buzib tashlandi. Oqibatda demokratiya va rivojlanish o‘rniga – urush, qashshoqlik va millionlab qochqinlar paydo bo‘ldi. Shu o‘rinda, savol tug‘iladi: — Nima ish qilib qo‘yganinglarni tushunasizlarmi o‘zi?  

Hammaga ma’lumki, Yaqin Sharq va shimoliy Afrika mamlakatlaridagi hukumat vaakumi natijasida, hudud terrorchilar bilan to‘la boshladi. “Islom Davlati” bayrog‘i ostiga o‘n minglab jangarilar yig‘ilgan. Ular orasida Iroqdagi davlat to‘ntarilishi oqibatida ishsiz qolgan harbiylar, Liviya fuqarolari, Suriya muxolifatchilari va boshqalar. 

“Terrorchilar bilan hamkorlik qilish, ularni qurol bilan ta’minlash, bu nafaqat uzoqni ko‘ra bilmaslik balki olov bilan uynash kabi xavfli”.  

Afsus bilan aytish kerak-ki terrorchilar lagerlarida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan jangarilar tayorgarlikdan o‘tmoqda. Ular orasida Yevropa mamlakatlari va Rossiya ham bor. Ushbu qon hidlagan kallakesarlar o‘z yurtiga qaytib qora ishini davom ettirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 

Bugun biz Suriya va Iroqqa harbiy texnik yordam ko‘rsatmoqdamiz. Jahon hamjamiyatining bunday yordamdan bosh tortishi — juda katta xato deb hisoblaymiz. Shuni tan olish kerakki Suriya hukumatiga, prezident Asadga sodiq bo‘lgan qo‘shnlar va Kurd xalq armiyasian boshqa hech kim “Islom Davlati”ga qarshi kurash olib borayotgani yo‘q. Biz ushbu region muammolarini yaxshi tushunamiz. 

“Biz oldimizda turgan muammolarni yechish uchun kuchlarni  birlashtirishga va haqiqatdan ham keng xalqaro koalitsiya tuzishga chaqiramiz” 

Albatta bunday koalitsiyaning asosini islomiy davlatlatlar tashkil qilishi kerak. Chunki ”ID” nafaqat ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, balkim o‘zlarining qonli jinoyatlari bilan buyuk Islom dinini bulg‘amoqda. 

Yaqin kunlar ichida Rossiya, BMT Xavsizlik Kengashi raisi vazifasida, vazirlar kengashi o‘tkazadi. Unda “ID”ga qarshi kurashayotgan barcha kuchlar hatti-harakatini  muvofiqlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Umid qilamanki YeI mamlakatli ham bu boradi bizni qo‘llab quvvatlaydi. O‘shanda qochqinlar uchun vaqtinchalik qarorgohlar qurishga ham to‘g‘ri kelmaydi. 

“Liviya davlat tuzimini qayta tiklash, Iroq yangi hukumatini qo‘llab-quvvatlash va Suriyaning qonunniy hukumatiga har taraflama yordam berish juda zarur deb hisoblayman”. 

Albatta, mustaqil davlatlarga bunday yordam ularning xoxishiga qarab, faqatgina BMT nizomi asosida taklif qilinishi kerak. 

Ukraina va sobiq Ittifoq respublikalari haqida 

Ba’zi hamkorlarimiz, “sovuq urush” paytidagi kabi fikrlashda davom etmoqda va ularning makqsadi yangidan yangi hududlarni egallab olish. Avval ular NATOni kengaytirish bilan shug‘ullanishdi. Shu o‘rinda nima uchun, degan savol tug‘iladi, "Varshava shartnoma"si allaqachon o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa. NATO esa haliyam kengaymoqda. Keyin bo‘lsa, sobiq Ittifoq respublikalari oldiga tanlov qo‘yildi: G‘arb bilan bo‘lasizlarmi yo Sharq bilan?

Albatta, bunday ish olib borish ertami kechmi to‘qnashuvga olib kelishi kerak edi. Ukrainada bu yuz berdi. Bir guruh norozi odamlar yordamida hukumat to‘ntarib tashlandi. Oqibatda fuqaro urushi. 

Biz aminmizki: qon to‘kilishini faqat Minsk shartnomasini bajarilgandan keyin to‘xtatish mumkin. Qurol yarog‘, qo‘rqitish bilan tinchlik bo‘lmaydi… Barcha fuqarolar talablarini hisobga olish kerak… Ukraina madaniyatli davlat sifatida rivojlanishi kerak. 

Ekologiya haqida

BMT nazorati ostida maxsus forum tuzishni taklif etamiz. Ushbu forumda tabiiy manbaalarning kamayishi muammolarini, yashash sharoit o‘zgarishlarini va iqlim o‘zgarishi muammolarini birgalikda o‘rganb chiqishni taklif qilamiz. Ekologik muammolarn yechishda barcha davlat kuchlarini birlashtirmoq kerak. Ekologik halokatlar oqibatlari bilan kurashishdan tashqari, tabiat mexanizmlarini ishga tushirish kerak

Yangiliklar lentasi
0