Rossiya Curiyada havo operatsiyasini bajarishga kirishdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishMaalyulya shahrida Suriya bayrog‘i
Maalyulya shahrida Suriya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi “ID”ga pozitsiyalariga berilgan zarbalar videosini tarqatdi.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Rossiyaning Havo-kosmik kuchlari samolyotlari harbiy operatsiyani Suriyada Islom davlati” egallagan hududlarga havodan zarba berish bilan boshladi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov.

Rossiyaning Havo-kosmik kuchlari Suriya Arab Respublikasi hududida joylashgan “ID” terrorchilariga zarba bera boshladi.

“Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh Qo‘mondoni Vladimir Putinning qarori bilan Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyotlari bugun havo operatsiyasini bajarishga kirishdi. Operatsiya Suriya Arab Respublikasi hududida IShID terrorchilariga tegishli bo‘lgan nishonlarga nuqtali zarbalar berish bilan boshlandi”, — dedi Konashenkov.   

Vazirlikning rasmiy vakili Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘zining KXShTdagi hamkasabalariga Suriyadagi havo operatsiyasi haqida xabar berganligini aytdi.

Rossiya Federatsiya Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya xarbiy kuchlari Suriyaga yordam beradi

Xususan, rossiya samolyotlari “Islom davlati” terrorchilariga qarashli bo‘lgan harbiy texnikalarga, transport vositalariga, qurol-yarog‘ omborlariga zarba berayotganligini ta’kidladi.

Chorshanba kuni Rossiyaning Federatsiya Kengashi bir ovozdan Rossiya harbiy kuchlarining Suriyada ishlatilishini tasdiqlagandi. Bunda masala Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya prezidentiga yordam so‘rab murojat qilgandan keyin qo‘yilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0