Aviatsiya eksperti: Ukraina aloqalarni uzmoqda

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tish"Transaero" kompaniyasi samolyoti
Transaero kompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiyev Rossiya samolyotlari uchun havo yo‘llarini yopganligi haqida ma’lum qildi. Moskva bo‘lsa bunga javob choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ekspertning aytishicha, Ukraina bunday siyosiy qaror bilan o‘zi o‘tirgan shoxga o‘zi bolta urdi. Oqibatda yo‘lovchilar qiyin ahvolga tushib qoldi.

 

Toshkent,29 sen - Sputnik. Rossiya aeroportlari Ukrana samolyotlari uchun 25 oktabr kuni yopiladi. Bu haqida seshanba kuni Ukraina aviakompaniyalari ogohlantirildi. Ushbu choralar  Ukrainaning Rossiya aviakompaniyalariga qarshi qabul qilingan qaroriga javob bo‘ldi.

“Aeroport” MDH mamlakatlari fuqaro aviatsiyasi assotsiatsiyasi bosh direktori Viktor Gorbachev Sputnik muxbiriga, kiyevning ushbu o‘ylanmagan qarori nimalarga olib kelishini aytib berdi.

Safarlar bekor qilinmoqda

Ukraina osmonidan tranzit uchuvlar, oldinroq bekor qilingandi. Turkiya, Gretsiya, Misr va Kipr yo‘nalishidagi parvozlar Ukraina hududini aylanib uchardi. Endi bo‘lsa Ukraina aeroportlariga parvozlar butunlay bekor qilindi.

«Rossiya samolyotlari Kiyev, Lvov, Odessa va Xarkovga uchardi. Endi bo‘lsa ushbu aeroportlar Rossiya uchun yopiq» dedi Gorbachev.

Ukrainaga 4-5 Rossiya aviakompaniyalari qatnardi,  Ukrainadan «Dones avialiniyalari» va «Ukraina xalqaro avialiniyalari» bizga qatnardi.

Yo‘lovchilarga qiyin bo‘ladi

Aviatsiya aloqalari 25-oktabrdan to‘xtatiladi. Ayni shu kuni qishgi navigatsiya sezoni boshlanadi, deydi Gorbachev.

Demak, chipta sanasi 25-oktabrgacha bo‘lgan yo‘lovchilar manzillariga bemalol yetib olishlari mumkin, undan keyinga sanalarga chipta sotib olganlar esa chiptalarni jarimasiz qaytarishi mumkin.

Bundan albatta, avvalombor, yo‘lovchilar zarar ko‘radi, lekin Ukraina aeroportlari ham anchagina foydadan quruq qoladi.

“Masalan, Kiyevdagi Julyana aeroporti  40%, balki undan ham ko‘proq daromadni u yerga uchib kelayotgan Rossiya aviakomapniyalaridan olardi. Bular qo‘nish, uchish, havo kemasini yonilg‘i bilan ta’minlash yo‘lovchlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar”, — deydi ekspert.

Nima qilish va qayerga uchish kerak?

Endi, siyosiy qarshiliklarga qaramasdan Rossiyaga kelishni istagan yo‘lovchilar yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak. Albatta aylanib uchishning keragi yo‘q: ham uzoq, ham qimmat. Agar uchish zarur bo‘lsa Rossiyaga qo‘shni mamlakatlar orqali ham kelish mumkin.

Boltiq bo‘yi mamlakatlari orqali kelsa hm bo‘ladi, lekin, bu ancha uzoq.

Bunday sharoitda masofa tomondan ham, tejamkorlik tomonidan ham eng ma’quli Minsk yoki Kishinyov orqali uchish.

Ukraina MDHdan chiqadimi?

Ekspert, yaqinda Rossiya bilan Gruziya orasida havo aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi esga oldi. Tbilisi bilan munosobatlarda ancha jiddiy muammolar bor, chunki ikki mamlakat orasida diplomaik aloqalar haligacha o‘rnatilgani yo‘q, dedi u.

«Eng qizig‘i Ukraina bilan diplomatik aloqalar uzilmagan, u hali ham MDH tarkibida, lekin vaziyat shunga qarab borayapti», — dedi ishonch bilan ekspert.

Albatta, Rossiya ham bundan zarar ko‘radi. O‘tgan yili Rossiya aviakompaniyalari 93 million yo‘lovchi tashidi. Bu yil shundan 500 ming kam bo‘ladi, ya’ni 92,5 million yo‘lovchi. Lekin bu Ukraina kompaniyalari ko‘radigan zarar oldida hech narsa emas.

 

Yangiliklar lentasi
0