TOShKENT, 2 okt — Sputnik. AQSh Harbiy havo kuchlarining yuk samolyoti qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti, AVS telekanali xabari asosida.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda samolyotda 11 kishi bo‘lgan – olti harbiy ekipaj a’zosi va besh xodimlar. Ularning fuqaroligi e’lon qilinmagan. Fojea joyiga yaqin turgan uch Afg‘on fuqarosi ham halok bo‘lgan.
Fojea Afg‘oniston sharqida sodir bo‘ldi. Halokat sababi hozircha ma’lum emas, lekin dastlabki xabarlarga qaraganda samolyotga hujum qilinmagan.
“Tolibon” jangarilari esa, ushbu qulab tushgan amerika samolyotni biz urib tushirdik, deyishmoqda. “Tolib”la ko‘pincha o‘z harbiy g‘alabalarini mubolag‘a qilishadi. Xususan, ular NATOning Afg‘onistonda, har xil sabablarga ko‘ra, qulab tushgan barcha samolyotlarini — biz urib tushirdik deyishgandi.