Dunyoda

Qirgʻiziston Oʻrta Osiyo mamlakatlari uchun suhbat maydoni tashkil qilish tarafdori

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishQirgʻiziston TIV Erlan Abdыldayev
Qirgʻiziston  TIV Erlan Abdыldayev - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu hamkorlik doirasida mamlakatlar xavfsizlik, ekologiya va iqtisodiyot masalalarini muhokama qilishlari mumkin.

TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. Qirgʻiziston regionda siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun Oʻrta Osiyo mamlakatlari orasida suhbat maydoni tashkil qilishni taklif qildi. Ushbu taklifni mamlakat bosh vaziri Erlan Abdildayev kiritdi.

Oʻzining BMT Bosh assambleyasida soʻzlagan nutqida vazir Oʻrta Osiyo mamlakatlari orasida toʻgʻridan-toʻgʻri, har taraflama, siyosiy suhbatning “haqiqatdan yoʻqligini” taʼkidladi.  Bu hududagi muammolarni chuqurlashtiradi, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga xalal beradi. Tarqoqlik sabablaridan biri, Abdildayev fikricha, Oʻrta Osiyodagi chegara muammolari.   

“Umumiy muammolarga ega boʻla turib, bizning mamlakatlar xalqaro maydonlarda birga kurashmaydilar, ushbu muammolarni yechish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmaydilar. Biz aminmizki, bugun Oʻrta Osiyoning besh mamlakati ishtirokida, keng suhbat maydoni tashkil qilish vaqti keldi”, — dedi.

Abdildayevnig fikricha, bunday hamkorlik savdo-sotiq, iqtisod, chegara, energetika, suv zahiralaridan foydalanish, ekologiya va iqlim oʻzgarishi masalalarini muhokama qilish imkonini bergan boʻlardi. Qirgʻiziston vaziri Oʻrta Osiyo mamlakatlari rahbarlaridan ushbu taklif haqida oʻylab koʻrishni soʻradi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala