AQSh maktabidagi otishmada 10 kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAQSh politsiyasi
AQSh politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26 yoshli amerikalik otishmani mashhur bo‘lish uchun uyushtirgan

 

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. AQShning Oregon shtatidagi kollejda 26 yoshli erkak otishma uyushtirdi. Fojea oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi, xabar berdi Sputnik International.

Otishma Rozberg shahri yaqinida joylashgan o‘quv maskanida sodir bo‘ldi. Qotil politsiyachilar tomonidan qo‘lga olish payti otib o‘ldirildi.

“Qotil auditoriyada pistoletiga o‘q joylay turib talabalarga joyidan turishni va qaysi dinga mansubligini aytishni buyurgan. O‘rnidan turgan xristianlarga, ularni Xudo kutib olishini aytgan, va otishni boshlagan”, —  deb yaralangan Anastasiya Boylenning so‘zlarini keltiradi CNN telekanali.

Huquqni saqlash organlari vakili jinoyatchining ismi —  Kris Xarper Merser (Chris Harper Mercer) ekanligini aytdi. Bu 26 yoshli erkak Rosberg yaqinida yashagan, lekin kollej talabasi bo‘lmagan. Undan uch pistolet bir bir vintovka topilgan. OAV xabar berishiga qaraganda, qotil bo‘lg‘usi jinoyatini internetda muhokama qilgan va uni yangiliklarda mashhur bo‘lishning yolg‘iz uslubi degan.

Tergovchilar allaqachon Merserning oilasi va do‘stlarini so‘roq qildilar hamda uning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xabarlarini o‘rganmoqdalar, OAV xabariga ko‘ra.  

AQShda bunday fojealar doimiy ravishda bo‘lib turadi. Bu AQShda qurol sotib olish va undan foydalanish huquqi erkin bo‘lganligi uchun. AQShda qurol sotish va uni ishlatish qonunlari boshqa mamlakatlarga nisbatan yumshoq. Oregondagi ushbu voqeadan so‘ng Barak Obama kongressdan qurol nazorati haqidagi qonunlarni kuchaytirishni so‘radi.

 

Yangiliklar lentasi
0