Video

Putin Suriyada tinch aholi qurbon boʻlganligi haqidagi xabarlarni inkor qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy havo operatsiyasi davomida tinch aholi orasidagi qurbonlar haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Putin OAV ushbu xabarlar tarqatilishini, axborot urushi dedi va ular Rossiya samolyotlari osmonga koʻtarilishidan oldin paydo boʻlganligini aytdi.

“OAVda  eʼlon qilingan, tinch aholi zarar koʻrayotganligi haqidagi har-xil xabarlarga kelsak, biz bunday axborot hujumlariga tayormiz. Eʼtiboringizni shunga qaratamanki,qurbonlar haqidagi birinchi maʼlumotlar bizning samolyotlar osmonga koʻtarilishidan oldin paydo boʻldi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Prezident, boshqa davlatlar Suriya hududiga zarba berishni boshlaganiga bir yildan koʻp boʻldi. Ushbu zarbalar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasisiz va Suriya hukumatining rasmiy ruxsatisiz amalaga oshirlayotganligini alohida aytib oʻtdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, chorshanba kuni, Rossiya harbiy havo kuchlari fuqaro infraqurilmalari yaqinida ishlatilmaganligini, barcha zarbalar Suriyadagi “ID” pozitsiyalariga, havo razvedkasi va Suriya armiyasi shtabi maʼlumotlari asosida nuqtali ravishda amalga oshirilganligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala