Dunyoda

Rossiya MV "ID" inshootlariga berilgan yangi zarbalarni koʻrsatdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishRossiya samoltlari Suriyaning "Xmeymim" aerodromida
Rossiya samoltlari Suriyaning Xmeymim aerodromida - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi “ID”ning harbiy inshootlariga berilgan zarbalari videolavhalarini YouTubeda koʻrsatdi.

TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Bugun Rossiya Mudofaa vazirligi Su-34 va Su-24 samolyotlari tomonidan Suriyaning Rakka va Djisr-Esh-Shugura aholi punktlari yaqinida joylashgan “ID” jangarilari yer osti boshqaruv punktlari va oʻq-dori omboriga berilgan zarbalar videolavhalarini koʻrsatdi, RIA Novosti xabari asosida.   

YouTube portalida namoyish etilgan ushbu videolavhada  Su-34 samolyoti BETAB-500 beton-teshar aviabombasi bilan nishonga aniq zarba berishi natijasida, Rakka yaqinida joylashgan “ID”ga tegishli yer osti qoʻmondonlik punkti yoʻq qilinishi koʻrsatilgan. 

Yana bir videolavhada Su-24M samolyoti Djisr-Esh-Shugur yaqinidagi togʻli hududda joylashgan qurol-yarogʻ omboriga berilgan zarbasi koʻrsatilgan. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning soʻzlariga koʻra “bunkerdagi kuchli portlash, ushbu istehkomda terrorchilar tomonidan katta miqdorda oʻq-dori saqlanganligini bildiradi”. 

Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning bayonotiga koʻra Rossiya HKK tomonidan oʻtgan kecha-kunduz davomida 20dan ortiq jangovor parvozlar amalga oshirilib “ID” terrorchilarining 9 istehkomiga zarba berildi. 

Terrorchilar oʻrnashib olgan hududlardagi nishonlar Suriya va Rossiya razvedka maʼlumotlari, sputniklar va uchuvchisiz samolyotlar yordamida olingan maʼlumotlar asosida belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Suriya hukumati rasmiy murojaatiga binoan ushbu arab respublikasiga terrorchilar bilan kurashishda harbiy yordam koʻrsatmoqda. Ushbu jangovor operatsiyani Rossiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlari birgalikda amalga oshirmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala