Turizm

Ekspert: Rossiya va Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻli boʻylab turizmni birga rivojlantirishi kerak

Rosturizm vakilining soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston Rossiya turistlariga vizasiz tuzim, yuqori xavfsizlik darajasi va anʼanaviy mehmondustligi bilan qiziq.

 

TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya ikki yoqlama sayohlikni rivojlantirishda juda katta imkoniyatlarga ega, deydi Rossiya turizm agentligi rahbari yordamchisi Sergey Korneyev.

Ushbu kunlarda Toshkentda Xalqaro turistik yarmarka boʻlib oʻtmoqda. Ushbu yarmarkada qatnashish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Sergey Korneyev boshchiligidagi Rossiya turistik kompaniyalari delegatsiyasi Toshkentga keldi.

Biz Oʻzbekiston va Rossiya orasida turizm koʻpriklari qurish uchun juda katta imkoniyatlar koʻrayapmiz. Buyuk tarix, butun dunyoga mashhur Samarqand, Xiva va Buxoro turistik brendlari – bularning hammasi bizga tanish, rossiya sayohlari didiga mos”, — dedi Korneyev.

Aynan shuning uchun, Rossiya delegatsiyasi safiga turli regionlar va turizmning har xil segmentlaridan  25 turfirma vakillari kirgan. Ular orasida individual va guruh turizm segmentlari, biznes-turizm, tarixiy va ekologik turizm vakillari bor.  

“Biz Oʻzbekistonga jiddiy reja, muddaolar va ulkan qiziqish bilan keldik. Vaholanki, bizda umumiy maqsad bor – Buyuk Ipak yoʻli boʻylab turizmni rivojlantirish”, — dedi Korneyev.

Rosturizm rasmiysining soʻzlariga binoan, ushbu ulkan koʻprik yirik turistlar oqimini ham Rossiyaga ham Oʻzbekistonga olib kelishi mumkin. Ikki mamlakat Umumjahon Turizm tashkiloti bu boradagi sʼay-harakatlarini  qoʻllab-quvvatlashi kerak.

Korneyevning fikricha, Rossiya turistlarini Oʻzbekistonga chorlash uchun uch asosiy shart bor: vizasiz tuzim, mehmondoʻstdlik va xavfsizlik hamda valyuta ayrboshlash boʻyicha kelishuv.

“Ishonchim komilki, kelajakda ushbu sohada bizni ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda”, — deb soʻzini yakunladi Sergey Korneyev.  

Rossiyaliklarni har doim ushbu qadimiy joylarning tarixi qiziqtirgan. Oldingi Sovet Ittifoqi davrida ularning nomi til uchida boʻlgan. Turizm uchun til birligi va anʼanaviy sharqona uygʻunlikka qiziqish katta ahamiyatga ega.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala