Rossiyaliklar qanday avtomobillarini yaxshi ko‘radi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishToyota-Sentr avtomobil saloni, Moskva
Toyota-Sentr avtomobil saloni, Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaliklar Yaponiya, Germaniya, Koreya, avtomobillarni eng ko‘p sotib olishadi.

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. “Avtostatxabariga ko‘ra, 2015-yilning iyul oyida Rossiya yo‘llarida umuman 41 million avtomobil bor.

Ulardan 60% Rossiyada ishlab chiqarilgan, qolgani dunyoning 40 mamlakatida ishlab chiqarilgan. Eng keng tarqalgan avtomobillar Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan.

Rossiya yo‘llaridagi har oltinchi avtomobil Yaponiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib ularning umumiy soni 7 millionni tashkil qiladi. Yapon avtomobillari Rossiyaning Uzoq Sharq hududida ayniqsa ommabop, u yerdagi aholining 80% yapon avtomobillaridan foydalanadi.

Germaniya avtomobillarni markaziy Rossiya aholisi ko‘proq sotib oladi. Ularning umumiy soni hozirgi kunda 3,3 mlnni tashkil qildi. Koreya avtomobillari — 1,1 mln, Buyuk Britaniya avtomobillari — 1 mln, Ukraina — 740 ming.

GM Uzbekistan avtomobillari savdosi ushbu yilning ikkinchi yarmida 30%ga kamayishiga qaramasdan, umumiy avtomobillar soni bo‘yicha O‘zbekiston sharafli yettinchi o‘rinda. Rossiya yo‘llaridagi o‘zbek avtomobillari soni 715 mingni tashkil qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0