O‘zbekiston – Bahrayn - arab jamoasi uchun oxirgi imkoniyat

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishBahrayn delegatsiyasi olimpiada paradida
Bahrayn delegatsiyasi olimpiada paradida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murabbiy: o‘yinda kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin emas, raqibni yaxshi bilamiz, deyishmoqda. O‘zbek futbolchilariga judda issiq iqlimda o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston futbol terma jamoasi, ertaga 8-oktabr kuni, Rossiyada o‘tkaziladigan JCh-2018ning 2-saralash guruh bosqichi doirasida, Bahrayn jamoasi, bilan hal qiluvchi o‘yinga tushadi, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.

"N" guruhida o‘ynayotgan O‘zbekiston jamoasining ahvoli hozirgi kunda omonat desa bo‘ladi. Uch o‘yindan ikkisida jamoa g‘alaba qozondi, lekin asosiy raqib – Shimoliy Koreyaga 4:2 hisob bilan yutqizdi. Endi, keyingi bosqichga o‘tish uchun O‘zbek jamoasi har bir o‘yinda g‘alaba qozonishi va Koreyaliklar mag‘lub bo‘lishini kutish kerak.

“Oldimizda turgan raqib bizga yaxshi tanish. Bu kuchli jamoa, biz ular bilan har xil turnirlarda bir necha marta uchrashganmiz. Ular qanday o‘ynashini biz ma’lum darajada yaxshi tasavvur qila olamiz, va biz uchun maydonda kutilmagan hodisalar bo‘lmaydi”, — deyishdi muxbirga O‘zbekiston jamoasining murabbiylar shtabida.

Bahrayn turnir boshida juda omadsiz o‘yin ko‘rsatib birin ketin ikki o‘yinda yutqizdi – Shimoliy Koreya va Fillipinga.

Faqat uchinchi o‘yinda ular Yamanni 4:0 hisobida yengdi. Shuning uchun ushbu o‘yin ular uchun jahon chempionatiga ilinib qolish uchun oxirgi imkoniyat.  

O‘zbekiston terma jamoasi Baxraynga bir oldindan uchib keldi. 4 soatlik parvozga qaramasdan kechqurun soat 18:00 da mashq o‘tkazildi.

“Ushbu vaqt bejiz tanlangan emas, Bahrayn bilan o‘yin ham ayni shu vaqtda bo‘lib o‘tadi. O‘yinchilar iqlimga moslashib olishlari kerak. Hozir bu yerda 38 gradus issiq”, — dedi suhbatdosh.

O‘yin oldidan O‘zbekiston jamoasi Toshkentda 5 kunlik sbor o‘tkazdi. Uning natijasiga binoan murabbiy jamoaning asosiy tarkibini aniqladi.  

Samvel Babayan Bahraynga 23 futbolchini tanlab oldi. Ulardan yetti kishi – legionerlar. Jamoaning asosiy kuchi markaz o‘yinchilari. Bu yerda jamoa yulduzlari to‘plangan: “Krasnodar” o‘yinchisi Odil Ahmedov, Katarning “Al-Jaisha” o‘yinchisi Sardor Rashidov, Janubiy Koreyaning "Ulsan Xonde" o‘yinchisi Server Jeperov, “Al-Shaboba” (BAA) o‘yinchisi Aziz Xaydarov, Eronning “Sepaxan” o‘yinchisi Fazil Musayev.   

Afsuski Moskvaning “Lokomotiv”ida o‘ynayotgan Vitaliy Denisov yaqinda olgan jarohati tufayli jamoaga yordam bera olmaydi.

O‘yin Todjo Minoru boshchiligidagi Yaponiyalik arbatrlar nazorati ostida bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan bir vaqtda Shimoliy Koreya va Fillipin jamoalari orasida ham o‘yin bo‘ladi. Agar ushbu o‘yinda Shimoliy Koreya jamoasi yutqizsa, Birdaniga uch komandada 9 ochkodan yig‘iladi.

JCh-2018ga yo‘llanma, tabiiyki, guruh g‘olibiga beriladi. Ikkinchi o‘rin egallagan jamoa, to‘plagan ochkolari evaziga keyingi bosqichga o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Yangiliklar lentasi
0