San’at muzeyida 20ga yaqin eksponatlar restavratsiya qilinmoqda

Obuna bo‘lish
Oxirgi 24-yil davomida minglab san’at asarlari hayotga qaytarildi. Har yili o‘nlab eksponatlarni restavratsiya qilinadi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi 2015-yil oxirigacha 20ta eksponatni tezkor restavratsiya qilishni tugatmoqchi,  Sputnik muxbiriga muzeydagi manba xabar berishiga qaraganda.

Uning so‘zlariga qaraganda, davlat ushbu maqsadlarga 100 million so‘m mablag‘ ajratdi, va yana 100 mln so‘m muzeyga kelasi yilda ajratiladi.  

“Har yili davlat budjetidan katta mablag‘ ajratiladi, lekin ajratilgan mablag‘ bu har doim ham ish natijasida sezilmaydi. Ushbu masalani yechishda kollektiv yondashish kerak. Bu birinchi navbatda, juda  murakkab ahvolda bo‘lgan, joylardagi muzeylarga taaluqli”, — dedi mutaxassis.

Suhbatdoshning gapiga qaraganda, buning sababi – joylarda o‘tkaziladigan noto‘g‘ri professional baholash. Restavratorlar juda ko‘p omillarni inobatga olishlari kerak: navbat, kechiktirib bo‘lmaslik, fors-major holatlari.  Ushbu omillarning har biri ilmiy asoslangan va muhokama qilingan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi u.   

Madaniyat va sport vazirligi qoshida tashkil qilingan Respublika restavratsiya markazi vaziyatni biroz yengillashtirishi kerak. Ushbu markaz respublika muzeylari mutaxassislarining ushbu yo‘nalishdagi ishini muvofiqlashtirishi kerak.

O‘zbekiston restavratorlarining ishi chet el mutaxassislarining ishidan qolishmaydi.

“Muzeyimiz mutaxassislari har kuni muzey fondlarini saqlab qolish, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazadi. Bu muzey fondlarini kunlik ko‘zdan kechirish, kemiruvchi va qurt-qumusqalardan saqlash, temperatura va namlik rejimlarini saqlashdan iborat”, — dedi u.

Ushbu yili, Respublika restavratsiya markazi mutaxassislari bilan birgalikda, yog‘och o‘ymakorligi san’atiga mansub eksponatlarni qurt-qumusqalardan saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan noyob operatsiya, bunga misol bo‘lishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0