Rossiya prezidenti 63-tug‘ilgan kunini Sochida kutib oladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zining tug‘ilgan kunida Vladimir Putin xokkey afsonalari bilan muz ustiga chiqadi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin xokkey yulduzlari va Tungi xokkey ligasi qatnashchilari bilan Sochidagi xokkey sport saroyida kutib oladi.

7 oktabrda Rossiya prezidenti 63 yoshga to‘ladi. Odatga ko‘ra, Putin tug‘ilgan kunini ish tartibiga muvofiq kutib oladi. Ushbu kun prezident ish tashrifi bilan Sochida bo‘ladi.

“Putin xokkey o‘ynaydi. U an’anaga ko‘ra, o‘zining eski tanishlari, xokkey-faxriylari va Tungi xokkey ligasi qatnashchilari bilan  bilan o‘ynaydi. Ular ertaga yangi mavsumni ochadilar”, — dedi jurnalistlarga Dmitriy Peskov, prezident matbuot kotibi.

Rossiyaliklar prezidentni oxirgi marta sentabrda muz ustida ko‘rgan edilar. O‘shanda Putin xokkey afsonalari Pavel Bure va Aleksandr Ovechkin bilan bir jamoada “Sirius” ta’lim jamoasi ustidan g‘alaba qozongandi.

O‘tgan yili Rossiya rahbari tug‘ilgan kunini Sibirda kutib olgandi. Ushanda prezident ishdan dam olish kuni olib tog‘lar bo‘ylab salkam 9 kilometr piyoda safar qilgandi. 2013-yilda prezident o‘z tug‘ilgan kunini Bali orolida, OTIS (ATES) sammitida kutib olgandi.  

Rossiya prezidentini Belorussiya rahbari allaqachon tabrikladi. Ushbu tabriknomada aytilishicha, Putin rahbarligi ostida Rossiya iqtisodiyot va fuqarolar hayot darajasini oshirish borasida katta yutuqlarga erishdi.  

“Siz o‘z mamlakatingiz manfaatlarini xalqaro maydonda targ‘ib qilishda va a’zo mamlakatlar barqarorligi kafolati bo‘lgan o‘zaro integratsiya jarayonlarini kengaytirishda, katta yutuqlarga erishdingiz”, — dedi Lukashenko.

Belorussiyada Rossiya prezidentining qat’iy nuqtayi nazarini yuqori baholashadi, shu jumladan Moskva va Minskning kelajakdagi hamkorligi borasida.

 

Yangiliklar lentasi
0