Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov
Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazligi vakili hududdagi xavfsizlik muammolarini muhokama qilish, hamda ikkiyoqlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun keladi.

 

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov Rossiya harbiy delegatsiyasi bilan birgalika 7-8 oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi, MV matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

“Muzokaralarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bilan hududdagi xavfsizlik muammolari va  kelajakda ikki taraflama harbiy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Iyulda O‘zbekistonga Rossiya TIV Sergey Lavrov tashrif buyuurgandi. O‘shanda Toshkent va Moskva siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ikki taraflama samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0