Shoygu: Rossiya harbiy kemalari "ID" pozitsiyalariga 26 raketa bilan zarba berdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V.Putin va Mudofaa vaziri S.Shoygu uchrashuvi
Rossiya prezidenti V.Putin va Mudofaa vaziri S.Shoygu uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kaspiy flotining raketa tashuvchi kemalari, “Kalibr” qanotli raketalari yordamida Suriyada 11 nishonni yo‘q qildi.

TOShKENT, 7 okt — RIA Novosti. Kaspiy flotining to‘rt harbiy kemasi, chorshanba kuni ertalab “Islom davlati” jangarilari pozitsiyalaridagi nishonlarni yo‘q qildi. Tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi Sergey Shoygu, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan suhbatida.

“Jangarilarga zarba berish uchun, bugun ertalab, aviatsiyadan tashqari Kaspiy flotining to‘rt raketali kemasi jalb qilindi. Ular kemada joylashuvchi 26 “Kalibr” qanotli raketalar yordamida 11 nishonga zarba berdilar”, — dedi Sergey Shoygu “Rossiya 1” telekanali efirida.

U, obyektiv nazorat ma’lumotiga qaraganda, barcha nishonlar yo‘q qilindi, tinch aholi zarar ko‘rmadi. “Zarba natijalari ushbu raketalarning salkam 1,5 km kabi uzoq  masofalarda yuqori samardorligini ko‘rsatdi”, — dedi ministr.    

Kaspiy dengizi harbiy floti tarkibida besh kema “Kalibr” raketa kompleksi bilan jihozlangan. 11661 proyektiga mansub ikki raketa tashuvchi kema (Tatariston va Dog‘iston) va 21631 loyhaga mansub uch kichik raketa tashuvchi kemalar ("Grad Sviyajsk", "Uglich" va "Velikiy Ustug").  

30 sentabrdan Rossiya harbiy havo kuchlari, Suriya prezidenti Bashar Asadning murojaatiga binoan, Suriyadagi “ID” jangarilariga zarba bera boshladi. Ushbu, terrorchilikka qarshi qo‘shma harbiy operatsiyada Rossiya, Eron, Iroq va Suriya harbiy kuchlari qatnashmoqda.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya havo kuchlari zarbalari terrorchilar istehkomlari, qurol-yarog‘ omborlari, boshqaruv punktlari va tayorllov markazlariga jiddiy zarar yetkizdi.

Yangiliklar lentasi
0