Infografika

Mehnat migrantlari uchun eslatma

Rossiyada qonuniy yashash va ishlash uchun mehnat migrantlariga eslatma.

Oxirgi paytda OAV va hayotda keng ishlatilayotgan “migrant” soʻzining oʻzbekchada aniq tarjimasi yoʻq, shuning uchun mushtariylardan uzr soʻragan holda maqolamizda ushbu soʻzni ishlatamiz.

Sir emaski, oxirgi yillarda MDH mamlakatlaridan juda koʻp fuqarolar Rossiyaga ishga kelmoqda. Begona yurtda har bir musofir uchun eng zarur masala bu — hujjatlarni qonuniy ravishda rasmiylashtirib, migratsiya xizmati va politsiya tekshiruvlaridan qoʻrqmasdan, xotirjam yashash va ishlash.  

Maʼlumki, Rossiyada migratsiya qonunlari murakkab, yana ular har yili oʻzgaradi, yangiliklar kiritiladi. Yuqoridagi infografikada, Rossiyada ishlashni xoxlagan fuqarolar uchun bosqichma-bosqich eslatma taklif qilamiz. Murakkab qonun-qoidalarni oddiy soʻzlar va suratlar yordamida tushuntirishga harakat qildik. Umid qilamizki, ushbu infografikamiz sizga har xil tushunmovchiliklar va bilib-bilmay qonun buzishlar oldini olishga yordam beradi.

Shu oʻrinda, baʼzi bir foydali havolalarni keltirmoqchimiz:

Federal migratsiya xizmatining viloyatlardagi idoralari adres va telefonlari: http://www.fms.gov.ru/contacts/tel_sprav_territor/index.php

Rossiyaga kirishga taʼqiq bor yoki yoʻqligini tekshirish uchun FMSning rasmiy sayti:  http://services.fms.gov.ru/info-service.htm?sid=3000

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala