Hodisalar

Oʻzbekistonda ikki oʻqituvchi "ID" varaqalarini tarqatgani uchun qoʻlga olindi

© fotoliaQonun va huquq timsollari
Qonun va huquq timsollari - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻqon shahar huquqni saqlash organlari tekshiruv ishlari olib bormoqda

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahar huquqni saqlash organlari xodimlari shahar oʻrta maktabda dars beruvchi ikki oʻqituvchi ayolni “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti varaqalarini tarqatganliklari uchun qoʻlga oldi, Oʻzbekiston IIVdagi manbaa xabar berishiga koʻra.

Manbaaning soʻzlariga qaraganda, militsiya xodimlari qidiruv paytida “Islom davlati” terorrchilik tashkilotiga tegishli boʻlgan davlat hukumatini toʻntarishga undovlar yozilgan varaqalar topildi.    

“Ayollar, Qoʻqon politsiya boʻlimlarining biriga qilingan qoʻngʻiroqdan keyin qoʻlga olindi. Hozirgi paytda ularga nisbatan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi, hozirgi kunda dunyo tinchligiga tahdid solayotgan asosiy  xavf boʻlib qolmoqda. Uch yil davomida terorrchilar Suriya va Iroqda katta hududlarni egallab olishga muvaffaq boʻldilar. Undan tashqari ular shimoliy Afrikaning Liviya davlatida ham oʻz taʼsirlarini oʻtkazmoqdalar.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala