Hodisalar

AP: Makkadagi tiqilinch qurbonlari soni 1453 kishini tashkil qilishi mumkin

© Fadi El BinniSaudiya Arabistonidagi Makka shahri
Saudiya Arabistonidagi Makka shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Shu yil Makka yaqinidagi tiqilinchda qurbon boʻlganlar sonini Assoshieyted Press agentligi hisoblab chiqdi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. 24 sentyabrda Makka yaqinidagi Mina vodiysida roʻy bergan tiqilinch qurbonlari soni avval eʼlon qilinganidan ikki baravarga oshishi mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti, AP agentligi xabari asosida.  

Saudiya Arabistoni hukumati qurbon boʻlganlar soni haqida yangilangan xabarlarni 26 sentyabrdan buyon tarqatmagan edi. Ularning oxirgi xabariga koʻra tiqilinchda 769 kishi qurbon boʻlgan va 863 kishi jarohatlangan.Fojea kuni qurbon boʻlganlar orasida dunyoning yuzdan ziyod mamlakatlari fuqarolari bor.

Assoshieyted Press axborot agentligi 18 mamlakatdan olgan rasmiy maʼlumotlar asosida qurbonlar sonini hisoblab chiqdi. AP hisobiga koʻra fojea qurbonlari soni 1453 kishini tashkil qildi. Ular orasida Erondan – 465 kishi, Misrdan — 148 kishi, Indoneziyadan — 120 kishi, Nigeriyadan – 99 va boshqa mamlakat ziyoratchilari bor.

Mina vodiysidagi Fojea sababi aytildi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Saudiya Arabistoni hukumati fojea sababini izohladi

Eslatib oʻtamiz, ushbu fojea Mina vodiysida “Shaytonga tosh otish marosimi” oʻtkaziladigan maydonda sodir boʻlgandi. Unda ziyoratchilarning ikki ulkan oqimi kichik maydonchada toʻqnashib ketishi oqibatida fojeali tiqilinch yuz bergandi. 

Oldin xabar berganimizdek, ushbu fojeada Eron bosh rahbari ayatulla Ali Xomenei Saudiya Arabistoni rahbariyatini qattiq qoralab, “700 dan ziyod odamning umriga zomin boʻlgan fojeaga Saudiya Arabistoni rahbariyatining befarqligi va notoʻgʻri hatti-harakati sabab boʻldi”, degandi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala