Okinava gubernatori yangi AQSh avibazasi qurish ruxsatnomasini bekor qildi

Obuna bo‘lish
Bu haqda rasmiy bildirish qog‘ozi Yaponiya Mudofaa vazirligiga yuborildi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Yaponiyaning Okinava prefekturasi gubernatori Takeshi Onaga orolda AQSh Harbiy-havo kuchlari bazasi qurish haqidagi ruxsatnomani rasman bekor qildi, RIA novosti xabariga ko‘ra.

Yaponiyaning Kiodo axborot agentligi xabar berishiga qaraganda Takeshi Onaga o‘z qarorini Yaponiya Mudofaa vazirligining Okinavada bo‘limiga yubordi.

20 yil oldin Yaponiya hukumati Okinava markazida joylashgan Ginnovan shahridagi AQSh harbiy aerodromini yopishga qaror qilgandi. Shu bilan bir vaqtda ushbu aerodromni orol tashqarisiga yoki AQShning “Kemp-Shvab” harbiy bazasi joylashgan Xenoko shahriga ko‘chirishga qaror qilgandi.

OAVda xabar berilishicha, Xenoko shahri va butun Okinava aholisi bunga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Gubernator Takesha Onaga bo‘lsa bir necha yil oldin o‘zining saylov kampaniyasi vaqtida yangi aerodrom qurilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergandi. Yaponiya markaziy hukumatining Okinava gubernatorni ko‘ndirishga qaratilgan bir necha urinishlari bekor ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Okinavada AQSh harbay qismlari Ikkinchi Jahon urushidan keyin joylashtirilgan edi. Okinava Yaponiya hududining 0,6%ni, ya’ni 1 foizidan ham kam bo‘lgan juda kichik qismini, egallaydi, lekin ushbu orolda AQSh harbiy qismlarining 75 %, joylashgan. Odam sonini hisobga olsak 26 mingga yaqin AQSh askar va zobitlari hamda 20 mingga yaqin ularning oila a’zolari yashaydi.

Yangiliklar lentasi
0