Marina Vladi Visoskiyning buyumlarini auksionga chiqardi

© Sputnik / Anatoliy Garanin / Mediabankka o‘tishMarina Vladi, fransuz teatr va kino aktrisasi
Marina Vladi, fransuz teatr va kino aktrisasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Visoskiyning bevasi Marina Vladi artistning eng oxirgi she’ri va boshqa buyumlarini auksionga chiqarishga qaror qildi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Taniqli Ittifoq akteri, shoiri va qo‘shiqchisi Vladimir Visoskiyning bevasi Marina Vladi arttistning buyumlarini auksionga chiqarishga qaror qildi, RIA Novosti xabari asosida.

Auksion 24 i 25 noyabrya Parijda bo‘lib o‘tadi. Drouot auksion uyining saytida berilgan xabarga ko‘ra auksionda boshqa buyumlar qatorida Vladimir Visoskiyning eng orxirgi she’ri yozilgan 1980-yil 11-iyunda sotib olingan transport chiptasi ham sotuvga chiqariladi. Uning narxi 10-15 ming Yevrogacha yetishi mumkin.

“Men bir o‘zim katta uyda turaman. Bu albatta oson emas. Parijga yaqinroqqa ko‘chib o‘tish vaqti keldi deb o‘ylayman. U yerda kichik kvartiraga ega bo‘laman, shuning uchun hamma buyumlarni o‘zim bilan olib keta olmayman. Qimmatbaha tasvirlar, bezaklar, rasmlar, haykallar va kitoblar bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelayapti”, — dedi Marina Vladi "Rossiyskaya gazeta"ga berga intervuda.

Uning so‘zlariga qaraganda gap faqat “pulda” emas, Marina xayot yo‘nalishini burib “kelajakka intilmoqda”.   

 

Yangiliklar lentasi
0