Ko‘rinmas shayx, «Islom davlati” rahbari haqida biz nima bilamiz?

© Youtube / BilAbu Bakr al-Bog‘dodiy
Abu Bakr al-Bog‘dodiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Islom davlati” terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bog‘dodiy yakshanba kuni Iroq harbiy havo kuchlari tomondan uyushtirilgan hujumda yaralandi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir u shifoxonada og‘ir ahvolda. Uning kelajagi noma’lum, lekin ko‘pchillik uning o‘tmishi haqida ham hech nima bilmaydi.

RIA novosti xabarlari asosida

Maxfiy kishi

Abu Bakr al-Bog‘dodiy Iroqning Mosul shahrida “Islom xalifaligi” tuzish haqida so‘zlagan so‘zlaridan keyin, butun dunyo bo‘ylab u haqda xabar keng tarqaldi. The Independent gazetasi xabariga ko‘ra, al-Bog‘dodiyning shaxsi aniq tasdiqlangan ikkita rasmi bor. Ulardan biri Iroq hukumati qo‘lida, ikkinchisi AQSh harbiy arxivlarida. Al-Bog‘dodiy 2004-yilda AQSh qamoqxonasida bo‘lgan payti sur’atga olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab sur’atlar paydo bo‘lgan, lekin ular kishining shaxsini aniq tasdiqlash imkonini bermaydi.

Islom tarixchisi

AQSh va Iroq maxsus xizmatlari ma’lumotlariga qaraganda, IDning bo‘lg‘usi rahbari yoshligida Bog‘doddagi Iroq universitetida Islom tarixini o‘rgangan. U yerda al-Bog‘dodi Islomshunoslik doktori unvonini olgan. Uni yoshligida tanigan odamlarning so‘zlariga qaraganda, al-Bog‘dodi yoshligida liderlik xususiyatlarga ega bo‘lmagan. Abu Bakr al-Bog‘dodiyning kursdoshi, “Iroq Islom qo‘shnlari” tashkilotchilaridan biri Axmad Deboshning so‘zlariga qaraganda u “uyatchan, mo‘min, doimo bir o‘zi yuradigan” bola  bo‘lgan.  

“Men maxfiy qo‘zg‘olonchilar harakati rahbarlarining har birini taniyman, lekin Bog‘dodiyni tanimayman. U hech qanaqa qiziqish uyg‘otmasdi. Machitga kelib namoz o‘qirdi, lekin hech kim uni sezmasdi”, — dedi Debosh The Telegraph gazetasiga.    

Bizning Messi

Al-Bog‘dodiyning yana bir mashg‘uloti bu futbol o‘yini edi. “U maydonda go‘yoki yashnab ketardi. U bizning Messi edi, hammadan yaxshi o‘ynardi”, — deydi Iroqning Mobchi shahri machiti qavmlaridan biri.

Asosiy nishon

2011 yil oktabrida AQSh davlat departamenti Abu Bakr al-Bog‘dodiyni eng xavfli terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. ID rahbarining boshi, yoki uni tutishga va yo‘q qilishga yordam beradigan ma’lumot uchun Vashington katta mukofot e’lon qildi – 10 millon AQSh dollari. Undan katta mukofot (25 mln dollar) AQSh hukumati faqat “Al Qoida” hozigi rahbari Ayman az-Zavohiri haqidagi ma’lumot uchun va’da bergan.

“Islom davlati

2014 yilda Abu Bakr al-Bog‘dodiy tashkil qilgan “Islom davlati” Iroq va Suriya hududlarida juda katta maydonni egallab oldi, ID jangarilari soni 50 mingdan 200 minggacha deb  taxmin qilindi. Neft savdosi kuniga ID g‘aznasini 1 millon dollarga to‘ldiradi.

So‘nggi xabarlar

30 sentabrdan boshlab, Suriya hukumati murojaatiga binoan Rossiya harbiy havo kuchlari hamda kemalarda joylashtirilgan raketalar yordamida IDga zarba bera boshladi. Zarbalar natijasida ID jangovor inftraqurilmasining katta qismi yo‘q qilindi. Jangarilar safida parchalanish va tashlab qochish holatlari ko‘paydi.

Yakshanba kuni Iroq harbiy havo kuchlari, Anbar viloyatida, ID rahbarlari yig‘ilishiga borayotgan, al-Bog‘dodiy kortejiga hujum uyushtirdi. Ushbu hujum natijasida 15 jangari yo‘q qilindi, Al-Bog‘dodiy yaralandi. Uning hozirgi holati haqida ma’lumot yo‘q.

 

Yangiliklar lentasi
0