Madaniyat

Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasi panjarasining bir boʻlagi topildi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Fotobankka oʻtishAmir Temur maqbarasi
Amir Temur maqbarasi - Sputnik Oʻzbekiston
Sverdlovsk viloyat oʻlkashunoslik muzeyi xodimi Nikolay Neuymin Sputnikka xabar berishiga koʻra, buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasi panjarasining bir boʻlagi topilgan.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Sverdlovsk viloyati oʻlkashunoslik muzeyi fondida 1887 yilda general-leytenant Baranov tomonidan olib kelingan Amir Temur maqbarasiga tegishli boʻlgan toʻrsimon panjarasining bir boʻlagi topildi.

1868 yilda Chor Rossiyasining Oʻrta Osiy kampaniyasi vaqtida general-leytenant Baranov boshchiligidagi batalion Samarqandga kirgan. Samarqandning shahrining bir qismi va Goʻr Amir mavzoleyi xaroba holda edi. Muzey xodimining soʻzlariga qaraganda, Samarqand shahri va shu jumladan Goʻr Amir mavzoleyi 18 asrda Eronlik Nodir shoh istilosi vaqtida buzilgan edi. Tarix bilan qiziquvchi general-leytenant Baranov, xarobalarda aylanib yurib, ushbu panjara boʻlagini topgan va uni oʻzi bilan olib ketishga qaror qilgan.

“Panjara boʻlagi qalinligi 10 santimetr, balandligi – 15 sm, uzunligi 50smdan uzunroq. Bu narsa haqiqiy va jahon tarixinng bir boʻlagi”, — dedi Neuymin.  

Muzey xodimining soʻzlariga qaraganda, topilgan narsa katta tarixiy qiymatga ega emas, chunki ushbu maqbara allaqachon oʻrganib boʻlingan. Samarqand va Toshkentlik hamkasblarimiz u bilan qiziqishmadi. Goʻr Amir mavzoleyi 1950 yillarda taʼmirlangan vaqtda maqbara panjaralari ham yangitdan yasalgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala