Moskvada «Van Gog. Jonlangan tasvirlar 2.0» ko‘rgazmasi ochiladi

© Sputnik / A. Sverdlov / Mediabankka o‘tish"Arledagi qizil uzumzorlar" tasviri reproduksiyasi
Arledagi qizil uzumzorlar tasviri reproduksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tasviriy san’at shinavandalariga 2 ming kv.m. maydonda rassomning 400 tasvirlarini katta ekranlarda namoyish etiladi. Ko‘rgazmanig qiziqarli tomoni shundaki, u tomoshabinga go‘yoki tasvir ichiga kirib ketish imkonini beradi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Moskvadagi Artplay dizayn markazida «Van Gog. Jonlangan tasvirlar 2.0» ko‘rgazmasi ochiladi, RIA Novosti xabariga ko‘ra. Ushbu ko‘rgazma Gollandiyalik rassom tavalludining 125-yilligiga bag‘ishlangan.

Tomoshabinlar buyuk postimpressionist rassomning eng mashhur asarlarining yuqori sifatli, kattalashtirilgan reproduksiyalarini tomosha qilishadi. Ushbu tasvirlar orasida Yaponiya motivlari, sirli yulduzli tunlar, to‘lib-toshgan Fransiya tabiat manzaralari bor. Umumiy hisobda tomoshabinlar e’tiboriga 2 ming kv.m. maydonda rassomning 400 tasviri namoyish etiladi. Ko‘rgazmaning ajoyib tomoni shundaki, u tomoshabinga go‘yoki tasvir ichiga kirib ketish imkonini beriladi. Masalan tomoshabin "Arledagi yotoqxona" ichida suratga tushishi yoki “Tungi qahvaxona terrasasida” bir piyola qahva ichishi mumkin.    

Ko‘rgazma doirasida master klass va anjumanlar ham bo‘lib o‘tadi. Unda har bir kishi tajribali rassomlar nazorati ostida “Kungaboqarlar” ki “Yulduzli tunlar”ni chizishda o‘z kuchini sinab ko‘rishi mumkin.

Gollandiyalik rassom Van Gog o‘z ijodi davomida 2000 dan san’at asarlari yaratdi, ulardan 930 tasvir va 1100 eskiz va boshqa namunalar. Amsterdamdagi Van Gog muzeyi dunyodagi eng ko‘p boriladigan muzeylardan biridir. U yerga yiliga 1,5 million kishi boradi.  

 

Yangiliklar lentasi
0