Madaniyat

Rossiya oliy oʻquv yurtlari chet ellik talabalarga 15 ming byudjet oʻrinlari berdi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Fotobankka oʻtishOʻquv jarayoni
Oʻquv jarayoni - Sputnik Oʻzbekiston
RUDN kafedra mudiri professor Vladimir Denisenkoning soʻzlariga qaraganda, Rossiya OTMlarida byudjet asosida oʻqish uchun chet ellik talabaning bilimlari Taʼlim vazirligi belgilagan bilim darajasidan yuqori boʻlishi kerak.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiyada chet ellik talabalarni byudjet asosida qabul qilish kvotasi 2016 yilda ham 15 000 oʻrinni tashkil qiladi, dedi RUDN kafedra mudiri professor Vladimir Denisenko, RIA Novosti xabari asosida.

“Rossiyada byudjet asosida oʻqish kvotasi avval yiliga 10 ming kishi edi, 2015 yildan boshlab kvota 15 mingni tashkil qildi. Agar kontrakt asosida oʻqiyotgan talaba yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, biz uni ham bepul guruhga oʻtkazishimiz mumkin. Har bir holat alohida koʻrib chiqiladi”, — dedi Denisenko.

Uning soʻzlariga qaraganda, chet ellik talabaning bilimlari Rossiya Taʼlim vazirligi tomonidan belgilangandan kam boʻlmasligi kerak. Asosiy fanlar bu “Matematika, rus tili, va tanlangan mutaxassilik boʻyicha fanlar. Natijalar xalqaro standart tizimiga muvofiq baholanadi”, — dedi professor.  

2015 yilda RUDN byudjet kvotasi 700 kishini tashkil qildi. Kontrakt asosida ham taxminan shuncha.

Denisenkoning fikriga koʻra, rus tilini bilish, hozirgi kunda bituvchilarga juda yordam beradi. Koʻp hollarda ular oʻqishni bitirgandan keyin oʻz mamlakatlarida ishlayotgan Rossiya korxonalariga ishga borishadi. Baʼzi hollarda yirik Rossiya kompaniyalari mahalliy mutaxassislarni Rossiyada oʻz mablagʻlari evaziga oʻqitishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala