Dunyoda

Putin: terrorchilar maqsadi – Oʻrta Osiyo hududiga kirib olish

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin taʼkidlashicha, Afgʻonistonda vaziyat judda notinch, Oʻrta Osiyo hududi ham vaziyat jiddiylashishiga tayor boʻlish kerak.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH rahbarlari Kengashi majlisida soʻzga chiqarkan, terrorchilar maqsadlaridan biri bu — Oʻrta Osiyo hududiga kirib olish. MDH davlatlari bunday vaziyatga tayor boʻlishi va kelishilgan tartibda hamkorlik qilish kerak, dedi prezident, Kreml rasmiy xabari asosida. 

Putinning soʻzlariga qaraganda Afgʻonistonda terrorchilar taʼsiri juda kuchaymoqda va ular hududlarini kengaytirish haqidagi rejalarini hatto yashirmayaptilar ham.  

“Ularning maqsadlaridan biri – Oʻrta Osiyo hududiga kirib olish. Bizlar bunday holatlarga tayor boʻlishimiz va vaqti kelganda hamjhatlik bilan harakat qilishimiz kerak”, — dedi Putin.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti, MDH chegaralarida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan mojarolarni hal qilish uchun, hamdoʻstlik davlatlari chegara va boshqa xizmatlar guruhlari tashkil qila olishiga ishonch bildirdi. 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala