MDH davlat rahbarlari: BMT Xavfsizlik kengashi yanada nufuzli tashkilot bo‘lishi kerak

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMDH davlatlari rahbarlari Kengashi
MDH davlatlari rahbarlari Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayonnomada MDH davlatlari dunyoda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lida BMT rolini mustahkamlash tarafdorligi ekanligini aytishdi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. MDH davlatlari rahbarlari umumiy bayonnomada BMT Xavfsizlik kengashi, hozirgi kun talablariga javob berishi uchun, yanada nufuzli bo‘lishi kerak, deb xabar berdi MDH ijroiy qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev, Novosti-Kazaxstan xabariga ko‘ra.

Juma kuni MDH davlatlari rahbarlari Burabayda bo‘lib o‘tayotgan MDH kengashi majlisida BMT 70-yilligi munosobati bilan birgalikda terrorchilikka qarshi bayonnoma qabul qilishdi.

Bayonnomada MDH davlatlari dunyoda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lida BMT rolini mustahkamlash tarafdorligi ekanligini va shu bilan birga BMT tuzimida islohotlar o‘tkazish vaqti kelganligi aytilgan.

“BMT Xavfsizlik kengashi hozirgi zamon talablariga javob berish uchun yanada nufuzli bo‘lishi va samarali ishlashi kerak. Tashkilot faoliyati bo‘lsa, dunyo mamlakatlariga BMT nizomi va maqsadlariga muvofiq qarorlar qabul qilishga yordam berishi kerak”, — dedi Lebedev.

Uning fikriga ko‘ra ushbu bayonnoma, butunjahon aholisi kuchini terrorchilikka qarshi kurash uchun birlashtirishga qaratilgan, ikkkinchi qismi juda katta ahamiyatga ega.  

“Bayonnomada aytilishiga qaraganda, MDH davlatlari terrorchilik bilan kurashda barcha mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayor”,  - dedi ijroiy qumita raisi.

Undan tashqari Kengashda MDH davlatlarida migratsiya jarayonlariga huquqiy asos berish haqida ham kelishib oldilar.

“Kengash qatnashchilari o‘z qarorlarida MDH parlamentlar aro uyushmasiga migratsiya borasidagi milliy qonunlarni xalqaro qonun standartlariga moslashtirishga qaratilgan ishlarni davom ettirishni maslahat berishdi”, — dedi Lebedev.

 

Yangiliklar lentasi
0