Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining bugungi kuni va ertasi

© Sputnik/Viktor Tolochko. MDH II vazirlari uchrashuvi
MDH II vazirlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan kengash munosobati bilan siyosiy ekspert Innokentiy Adasov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining bugungi kuni va ertasi haqida fikr bildirdi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi 1991-yilda Sovet Ittifoqining merosxuri sifatida tashkil etilganligini, sobiq Ittifoq fuqarolari ba’zan esdan chiqarib qo‘yadilar.

Nima bo‘lganda ham, MDH dunyoda o‘ziga xos yagona tashkilot. U a’zolaridan hech qanday katta majburiyatlar yoki chuqur iqtisodiy integratsiya talab qilmaydi. MDH tashkil qilinganidan beri hech bir a’zo uni tark etmadi, Gruziya 2009-yilda rasman tark etishiga qaramasdan, MDH doirasidaga barcha asosiy shartnomalarga a’zoligicha qolmoqda.

Ko‘p ilmiy izlanishlarda aytilganidek, MDH, sobiq Ittifoq respublikalarining konfederatsiyasi, bir xil huquqlarga ega bo‘lgan davlatlar ittifoqi. Uning Sovet Ittifoqidan farqi shundaki – yagona   boshqarish markazi yo‘q.

Kun tartibi

Kengash kun tartibiga 17 masala qo‘yilgan. Ulardan 4tasi tor doirada, faqat prezidentlar ishtirokida,  muhokama qilinadi: BMT tashkil qilinganiga 70-yil bo‘lgani, xalqaro terrorrizm, MDH keyingi Kengashi o‘tkazish joyi va unda raislik masalasi.

MDH kengaytirilgan tartibda Chernobil AESda avariyasi, migratsiya masalalari, 2016-2020 yillarda MDH chegaralarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ukraina masalasi

Lekin MDH hozirgi kunning eng asosiy savoli: ushbu tashkilotda Ukraina o‘zini qanday holatda tasavvur qilmoqda?

Ma’lumki Ukraina Ittifoq tarqalishi haqidagi “Belovejsk shartnomasi”ga qo‘l qo‘ygan uch mamlakatdan biri edi. Lekin MDH tashkilotchilaridan biri bo‘lishiga qaramasdan Ukraina ushbu tashkilotga nisbatan doimo ikkilamchi munosobatda bo‘lgan. Ukraina parlamenti (Verxovnaya Rada) MDH nizomini haligacha qabul qilgani yo‘q. Bunga qaramasdan Ukraina savdo-sotiq va boshqa masalalarida doimo o‘ziga MDH imtiyozlarni talab qilgan.

Ukrainada hokimiyat almashganidan beri, Verxovnaya Radaga MDHdan chiqish masalasi bir necha bor qo‘yildi, lekin kerakli ovoz miqdori yig‘a olmadi. 2015 bahorida Ukraina TIV Pavel Klimkin Ukraina MDHdan chiqmagani tasdiqladi. Shunga qaramay, Kiyev MDHga a’zolik badali — 2 mln. dollar to‘lashdan bosh tormoqda.

Ushbu Kengash Kiyev uchun juda zarur, chunki Ukrainaning YeI bilan erkin savdo zonasi ishga tushishiga bir necha oy vaqt qolayapti. Agar bu amalga oshsa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Yevropa tovarlari Ukraina orqali MDH bozorlariga chiqmasligi uchun qarshi choralar ko‘rishga tayor.

Ukraina tomoni uchun ushbu muammoni MDH erkin savdo zonasining (ZST SNG) barcha a’zolari bilan muhokama qilishga bundan qulay vaziyat bo‘lishi amrimahol.

 

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) MDH o‘rnini bosadimi?

Burabay shaharchasida YeOIIning Oliy kengashi majlisi ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi uchun birinchi yil oson bo‘lmadi. Bunga ham tashqi ham ichki omillar ta’sir ko‘rsatdi. Tashqi omillar neft muammosi, tashqi kreditlar narxi oshishi va o‘zga xom-ashyo markazlari orasidagi raqobat bo‘lsa, ichki sabablar – asosan YeOII davlatlari qonunlari va  valyuta-moliya bozorlari o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligidir.

YeOIIga albatta rivojlanish kerak. Krizislarni qanday yengish haqida tushunchaga ega bo‘lmay turib rivojlanishning iloji yo‘q. YeOII rahbarlari krizis holatlarida o‘zaro hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqara olishlariga, umid qilish kerak.

MDH va YeOII formatlarini mujassamlashtirishning iloji bormi?

Hamkorlikning ushbu ko‘rinishlari bir-biriga qarama-qarshi emas, aksincha, ularning barchasi sobiq Ittifoq hududini har yo‘sinda birlashtirishga qaratilgan. Shuning uchun bunday harakatlar har taraflama qo‘llanilishi kerak.

Hamkorlikning har bir ko‘rinishi ustunvorlik tomonlarini aniq belgilab olishi kerak: MDH gumanitar sohada o‘z o‘rnini oqladi. Hamkorlik mamlakatlari orasida chegaralarni vizasiz kesib o‘tish juda muhim. Umumiy ta’lim sohasida ham ma’lum hamkorlik imkoniyatlari bor.

Lekin, iqtisodiy sohadagi loyhalarning ko‘pi, afsuski, faqat qog‘ozda qoldi. Iqtisodiy hamkorlik borasida jahon tajribasi milliy organlardan ustun turadigan boshqaruvchi organ kerakligini isbotladi. Bu esa Hamdo‘stlik nizomining asosiga qarama-qarshi.

Iqtisodiy integratsiya, ushbu jarayon murakkabligiga qaramasdan, YeOII ko‘rinishida bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda.     

MDH gumanitar asoslardan tashqari yana bir o‘ta muhim masalani hal qiladi – hamdo‘stlik sobiq Ittifoq ichida fikr almashiladigan norasmiy maydon vazifasini o‘tamoqda va har qandar mojarolarni paydo bo‘lish jarayonida hal qilish imkonini bermoqda.

Qozog‘istonda o‘tkazilgan Kengash, bir vaqtlar ittifoqdosh bo‘lgan MDH davlatlari orasida, bir qaraganda ko‘zga ilg‘amaydigan, lekin asli behisob hamkorlik rishtalarini saqlab qolishning, yangi ko‘rinishi topishda yangi imkon berishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0