"Rossiya rahmat!" - deyishmoqda dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan Suriyaliklar

Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi suriyaliklar Rossiya elchixonalariga kelib minnatdorchilik bildirishdi.

Dunyoning turli malakatlarida yashovchi suriyaliklar, yakshanba kuni Rossiya elchixonalariga kelib, "Islom davlati"ga qarshi kurashda yordami uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirishdi.

Belgiyadagi Rossiya elchixonasiga ellikka yaqish kishi kelib Rossiyaning Suriyadagi siyosatiga hamfikrlik bildirishdi. Ushbu aksiya tashkilotchilari Suriya milliy talabalar uyushmasi, Serbiyadagi Suriya diasporasi a’zolari va Serbiya vatanparvar tashkilotlaridir.

Rossiyaning Tehrondagi elchixonasiga ham 15ga yaqin odam kelib Rossiya-Suriya do‘stligiga hamfikrlik bildirishdi.

"Suriya milliy talabalar uyushmasi dunyoning har bir mamlkatida Rossiya elchixonalariga kelib Rossiya hukumati va prezident Putinga Suriyaga ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirmoqda", — dedi Mustafa Dayub, Suriyaning Tehrondagi elchixonasi vakili. 

Ushbu aksiyalar Suriya, Eron va Serbiyada qanday o‘tganligini video lavhamizda tomosha qiling.

 

Yangiliklar lentasi
0