Moskvada Xizb ut-Taxrir guruhining 22 a’zosi hibsga olindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishXizb ut-Taxrirga aloqadorlkda gumon qilinayotganlardan biri
Xizb ut-Taxrirga aloqadorlkda gumon qilinayotganlardan biri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV xabariga ko‘ra, Moskvada “Xizb ut-Taxrir” partiyasininng katta yashirish guruhi fosh qilindi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Moskvada 22 kishi “Xizb ut-Taxrir” oqimiga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olindi, RIA Novosti xabari asosida.

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, oxirgi bir necha kun davomida Moskvada “Xizb ut-Taxrir” partiyasininng katta yashirish guruhi fosh qilindi. Turli tumanlarda joylashgan 25 xonadonda qidiruvlar o‘tkazilib, u yerda ekstremistik adabiyotlar, aloqa vositalari, elektron ma’lumot tashuvchi vositalar topildi. Yuzdan ziyod kishilar politsiya tekshiruvidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida 22 kishi, “Xizb ut-Taxrir” oqimiga aloqador deb topilib hibsga olindi. ular orasida ushbu partiyaning mahalliy bo‘limi boshliqlari ham bor.

Hozircha ulardan hech biri o‘z aybini tan olgani yo‘q.Gumon qilinayotganlar 12-dekabrgacha hibsga olindi.

“Xizb ut-Taxrir” – Islom ozodlik partiyasi, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida terrorchi oqim deb topilgan. Uning maqsadi Islom dinini dunyoda Jihod yo‘li bilan tarqatish. Rossiyada “Xizb ut-Taxrir” 2003-yildan beri ta’qiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0